WhatsApp guruhli ovozli va videosuhbatlarni sinovdan o‘tkazmoqda

  •   DiMaX
  •  953
  •  24.10.2017 13:56

WhatsApp guruhli ovozli va videosuhbatlarni sinovdan o‘tkazmoqda

Ommabop WhatsApp messenjeri jamoasi iOS operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlovchi qurilmalar uchun yangi imkoniyatlarni sinab ko‘rmoqda. Bu haqda WABetaInfo nashri xabar bergan.

Yangi imkoniyatlar messenjer foydalanuvchilari orasida guruh tarzidagi ovozli qo‘ng‘iroqlar va videoqo‘ng‘iroqlarga aloqador.

Buni WhatsApp ilovasining iPhone uchun ishlab chiqilgan so‘nggi beta-talqinidan topilgan kodga qarab aniqlashgan. Xabarda aytilishicha, WhatsApp 2.17.70 talqinida guruhli ovozli qo‘ng‘iroqlarga ishora qiluvchi kodlar ko‘p, guruh tarzidagi videoqo‘ng‘iroq esa bittagina joyda eslanadi.

Aytish kerakki, WhatsApp messenjerini iOS tizimli devayslar uchun mana bu, Android-qurilmalar uchun esa mana bu havola orqali yuklab olish mumkin.