Xiaomi hamyonbop Mi A1 kamerafonining asosiy afzalligini ko‘rsatdi (video)

  •   DiMaX
  •  1765
  •  07.09.2017 13:03

Xiaomi hamyonbop Mi A1 kamerafonining asosiy afzalligini ko‘rsatdi (video)

«Xitoycha Apple» kechagina Google bilan hamkorlikda Android One turkumiga kiruvchi Mi A1 smartfonini taqdim etgandi. Hamyonbop, ammo kuchli bo‘lgan bu smartfonning asosiy afzalliklarini Xiaomi endi videolavhada ko‘rsatdi.

Video avvalida mualliflar muzeyni eslatuvchi, Mi harflari shaklidagi binoni ko‘rsatishadi. Uning ichidagi bosh eksponat esa alohida stenddan joy olgan Mi A1 smartfonidir. Marhamat, u bilan o‘zingiz yaqindan tanishing:


Ta’kidlanishicha, bu smartfon orqa panelida daktiloskopik skaneri joylashgan metall korpusga ega. Uning qo‘shaloq f/2.2 kamerasi 12+12 megapikselli bo‘lib, ikkala ob’yektivning har biri beshtadan linzadan iborat. Suratga olishda ularga qo‘shaloq chaqnoq ko‘makka keladi. Shular va boshqa kuchli jihatlari evaziga, mazkur qurilma yaxshi yoritilmagan sharoitlarda ham yaxshi tasvirlar hamda 4K-video suratga ola biladi. Shuningdek, sifatini yo‘qotmagan holda tasvirni ikki karra yaqinlashtira oladi.

Bulardan tashqari, videolavha mualliflari Xiaomi Mi A1 smartfonining toza Android 7.1 Nougat operatsion tizimida (ya’ni, odatdagidek MIUI qobig‘ida emas) ishlashiga ham alohida e’tibor qaratib o‘tishgan. Uning ish stolida ikkita jild (papka) mavjud bo‘lib, birinchisida Google taqdim etayotgan ilovalar, ikkinchisida esa – odatda Xiaomi’ning turli modellari uchun ishlab chiqariluvchi dasturlar joylashgan.