Xiaomi Hindistonda MIUI 9’li «eksklyuziv» smartfonini taqdim etdi, ammo...

  •   DiMaX
  •  1400
  •  01.12.2017 14:13

Xiaomi Hindistonda MIUI 9’li «eksklyuziv» smartfonini taqdim etdi, ammo...

Keyingi kunlarda Xiaomi kompaniyasi, tez orada Hindiston uchun o‘zining yangi «eksklyuziv» smartfonini namoyish etishini aytib maqtanayotgan edi. Hatto «Desh Ka Smartphone» deb ataganicha, mahalliy telekanallarda uni faol tarzda reklama ham qilayotgandi. Nihoyat, hamma intiqlik bilan kutayotgan mazkur «sirli» qurilma kecha taqdim etildi. Biroq bundan hindlar unchalik xursand bo‘lishgani yo‘q, aksincha – xitoylik kompaniya ularning hafsalasini pir qildi, deb yozadi AKKet.

O‘QING: Xiaomi: 30 noyabrda yana bitta arzon smartfon!

Gap shundaki, «Desh Ka Smartphone» deyilganida, hindistonliklar Xiaomi’dan umuman yangi modelni kutayotgan edilar. Biroq «xitoycha Apple» shu yilning oktyabr oyi so‘ngida o‘z vatanida namoyish etilgan smartfon Redmi 5A smartfonini Hindistonda taqdim qildi, xolos.

Biroq aslida hindistonliklar xafa bo‘lishmasa ham bo‘lardi. Chunki, dastlabki narxi 91 AQSh dollari bo‘lgan Redmi 5A modelini Hindiston bozoriga yanada arzon – atigi 79 dollar (4999 rupiy) narxida taqdim etdi-da! To‘g‘ri, dastlabki 5 million xaridorgina «Desh Ka Smartphone»ni bu narxda xarid qilish imkoniga ega, keyin esa uning qiymati 10–25 foizga oshiriladi.

O‘QING: Eng arzon "Xiaomi" – Redmi 5A taqdim qilindi

Xiaomi Redmi 5A smartfoni 4 yadroli, chastota tezligi 1,4 GGs bo‘lgan Snapdragon 425 bazasida ishlaydi. Hamyonbop model bo‘lgani bois, u 5 dyuymli HD displey, 2 GB tezkor va 16 GB doimiy xotira bilan ta’minlangan, microSD yordamida xotirani 128 GBgacha kengaytirish mumkin. Asosiy kamerasi 13, selfi-kamera esa 5 megapikselli. Smartfon 2 ta SIM-kartali, akkumulyator sig‘imi 3000 mA/soat, o‘lchamlari: 139x70x8.5 mm., vazni – 137 gramm.

Desh Ka korpusi plastikdan ishlangan bo‘lsa-da, ko‘rinishi binoyidek. Unga Android 7.1.2 Nougat operatsion tizim talqiniga asoslangan Xiaomi’ning eng yangi MIUI 9 proshivkasi o‘rnatilgan. Agar 2/16 GB xotira kamlik qiladigan bo‘lsa, 3/32 gigabaytlik xotiraga ega varianti ham shu kunlarda chiqarilishi aytilgan, ammo aniq sanasi va narxi hozircha ma’lum emas.

O‘QING: MIUI 9’gacha rasman yangilanadigan Xiaomi smartfonlari ro‘yxati

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!