Xiaomi Mi Band 3’ni ishlayotgan holida ilk bor «jonli» tomosha qilamiz!

  •   DiMaX
  •  1509
  •  02.05.2018 17:56

Xiaomi Mi Band 3’ni ishlayotgan holida ilk bor «jonli» tomosha qilamiz!

«Xitoycha Apple»ning uchinchi avlod smart-bilaguzugi – Xiaomi Mi Band 3 haqida turli ma’lumotlar chiqqan bo‘lsa-da, uni shu paytgacha «jonli» ko‘rsatishmagan edi. Faqatgina bitta holatda, tasodifan olingan rasmlardagina bu gadjetga ko‘zimiz tushgan.

O‘QING: Xiaomi rahbari qo‘lida Mi Band 3 bilan «qo‘lga tushdi»!

Bugun esa Weibo tarmog‘i sahifalarida ushbu qurilmaning birinchi jonli fotosurati paydo bo‘ldi. Ularda Mi Band 3 ishlayotgan holida – ekrani yoqiq holatda aks etgan.

Agar Mi Band 2 modelida treker displeyi silikon tasmacha korpusi yuzasidan biroz chuqurroq turgan bo‘lsa, uchinchi avlod «aqlli» bilaguzukda aksincha – treker tasmachadan bo‘rtibroq chiqib turibdi. Bunisi esa yaxshi emas – ekrani biror nimaga tegib ketib chizilishi, qirilishi oson. Zero, suratga ko‘ra, u himoya oynasi bilan qoplanmagan.

Shuningdek, treker o‘lchami ham oldingisiga nisbatan kattaroq ko‘rinadi, demak, unga eski tasmachalar to‘g‘ri kelmaydi.

Suratdan anglashilishicha, Xiaomi Mi Band 3 bilaguzugining OLED-ekrani avval taxmin qilinganidek rangli emas, balki oldingidek monoxrom ekan. Displeyda sana, vaqt va yana bir qator ko‘plab ma’lumotlar aks etgan. Ushbu displey sensorli bo‘lishi hamda ishoralar orqali boshqarilishi kutilmoqda.

O‘QING: Xiaomi Mi Band 3 sensor ekranli bo‘lib, ishoralar bilan boshqariladi (+video)

Xiaomi Mi Band 3 modelida kutilayotgan asosiy yangiliklardan biri – smart-brasletning o‘zida NFC moduli bo‘lishidir. Bu funksiya Google Pay, Mi Pay hamda AliPay mo‘lov tizimlari bilan ishlashda qo‘llanadi.

Yangi bilaguzuk foydalanuvchilari uning yordamida o‘z pulslarini kuzatib borishlari, qadamlarini hisoblashlari, bosib o‘tilgan masofani aniqlashlari va boshqa ko‘plab ma’lumotlarni to‘plashlari mumkin. Shuningdek, Mi Band 3 o‘z egasining uyqu holati haqidagi ma’lumotlarni ham to‘play oladi va yaxshi kayfiyatda uyg‘ota oluvchi «aqlli» budilnikka ega.

Mi Band 3 shu yilning 23 may kuni, Xiaomi’ning navbatdagi flagman smartfoni taqdimot marosimida rasman namoyish etilishi kutilmoqda. Uning oldingi «avlod»i – Mi Band 2 esa O‘zbekistonda ham tegishli kafolat bilan rasman savdoga chiqarilgan.

O‘QING: O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriluvchi Xiaomi smartfonlari va boshqa gadjetlari narxlari (2018 yil 28 aprel)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!