Xiaomi Mi MIX 2'ni rekord darajada arzonlashtirdi

Xiaomi Mi MIX 2'ni rekord darajada arzonlashtirdi

Xiaomi kompaniyasida ajoyib an’ana mavjud --
brend doimo yangi smartfonlarini taqdim etish arafasida avvalgi modellar bahosini ancha-munchaga arzonlatiradi.

Kompaniya ayni paytda yangi smartfonni taqdim etish tadorigini ko‘rmoqda. Shu yilning 27 martida taqdim etilishi kutilayotgan Xiaomi Mi MIX 2S kuchli 8 yadroli Snapdragon 845 chipiga ega bo‘ladi. Bu devays qo‘sh sensorli bosh kameraga ega bo‘ladi.
Xiaomi bugun shu vaqtga qadar eng qimmatbaho hisoblangan Mi MIX 2 modelini arzonlashtirdi. Bu ham yangi model taqdimotiga oz qolganini isbotlaydi.

2017 yilning sentyabrida taqdim qilingan Mi MIX 2 modeli 800 yuanga arzonlashtirildi, ya’ni $127 AQSh dollariga.

Xiaomi Mi MIX 2 modelini shu kungacha Xitoyda 4690 yuandan xarid qilish mumkin edi. Endi uning bahosi 3899 yuanga, aniqrog‘i 615 AQSh dollariga. Bu narx evaziga flagmanning eng qimmat -- 8 Gb tezkor va 128 Gb doimiy xotirali talqinini sotib olish mumkin.

Ilg‘or Qualcomm Snapdragon 835 platformasi, 6 Gb «operativka» va Adreno 540 video-kartasi, shuningdek, qiziqarli dizayni bilan o‘ziga xos flagman shu kunlarda eng yaxshi sotilayotgan mobil aloqa vositalaridan biri.

Mi MIX 2 diagonali 5,99 dyuym, sig‘imi 2160x1080 pikselli, o‘ta yupqa romli ekranga ega bo‘lgan. Old va orqa panel qayrilma hoshiyali. Yangi avlod "romsizi"da old panelning 93 foiz qismi ekrandan iborat.

Smartfon 8 yadroli, chastota tezligi 2,4 GGs bo‘lgan Snapdragon 835 protsessori bilan yanada kuchli. 12 megapikselli bosh kamera uchun sezgir Sony IMX386 sensori tanlangan. Old kamera esa 5 megapikselli va old panel quyisida joylashgan. Flagmandagi akkumulyatorning tok sig‘imi 3400 mA soat.

Eslatib o‘tamiz, Mi MIX 2 modelining nisbatan arzon, ya’ni 4/64 (qora) gigabaytli talqini yurtimizda 3 850 000 so‘mdan sotilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.