Xiaomi Mi6'ning yangi talqini arzon narxda sotuvga chiqariladi

Xiaomi Mi6'ning yangi talqini arzon narxda sotuvga chiqariladi

Xiaomi Mi6 taqdim qilinganiga ham yarim yil bo‘ldi. Smartfon qora, ko‘k hamda oq rangdagi korpuslarda sotuvga chiqarilgan edi. Xitoyning yangi xizmat va texnologiyalarni ro‘yxatga oluvchi TENAA tashkilotining saytida Xiaomi kompaniyasi Mi6'ning yangi rang va texnik imkoniyatlarda sotuvga chiqarishi to‘g‘risida ma’lumot keltirilgan.

O‘qingKuchli protsessor va kamerali Xiaomi Mi 6 taqdim qilindi!

Xitoylik smartfon ishlab chiqaruvchisi rang-baranglikni ta’minlash maqsadida, flagmanni yorqin tusda, och yashil yoki bargikaram rangdagi korpusda ishlab chiqarishni reja qilmoqda. Bu kompaniya uchun ham noodatiy rang hisoblanadi.

Smartfonning 11 noyabrda Xitoyda nishonlanadigan "Bo‘ydoqlar kuni"da taqdim qilinishi kutilmoqda.

Insayderlarning yozishlaricha, mazkur rangdagi smartfonda aslidan farqli ravishda 4 gigabaytli (aslida 6 GB) tezkor xotira o‘rnatiladi, doimiy xotira sig‘imi esa 64 Gb bo‘ladi. Bu esa uning narxining arzonlashishiga ham olib keladi: yashil rangli Mi6 $300 dollardan sotuvga chiqariladi.

Smartfonning 6 GB tezkor hamda 64 GB doimiy xotira talqini $363 (2499 Yuan), 6 GB tezkor va 128 GBdoimiy talqini — $421 (2899 Yuan), hamda 6 GB / 128 GB xotirali maxsus «keramika» talqini $435 (2999 Yuan) AQSh dollaridan sotuvga chiqarilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Xiaomi Mi6 5,15 dyuymli, FullHD sig‘imli ekranga ega. Uning bosh kamerasi qo‘sh va har biri 12 megapikselli, old kamera esa 8 megapikselli. Smartfonda ilg‘or Snapdragon 835 platformasi o‘rnatilgan. Xiaomi Mi 6 zanglamaydigan po‘lat korpusga ega. Korpusning old va orqa panellari qayrilma himoya shishasi bilan qoplangan. Korpusda yoqish va ovozni boshqarish tugmalari o‘z o‘rnida qolgan. Xiaomi bu galgi apparatini chang va suv ta’siridan himoyalangan korpusda ishlab chiqargan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!