Xiaomi'ning 135 dollarlik selfifoni Rossiyada sotuvga chiqdi

Xiaomi'ning 135 dollarlik selfifoni Rossiyada sotuvga chiqdi

Xiaomi kompaniyasi Rossiya bozoridagi o‘rnini tobora yaxshilamoqda. Kecha brendning navbatdagi narxi hamyonbop, jihatlari diqqatga sazovor telefoni bu yerda sotuvga chiqdi.

Redmi Note 5A Prime kompaniyaning old panelida ham fotochqanog‘i bo‘lgan o‘ziga xos smartfoni. U o‘zining 16 megapiskselli old kamerasi bilan maqtana oladi va selfi ishqibozlari uchun ayni muddao. Barmoq izlari skaneri gadjetning orqa panelida joylashgan. Devays qora-kulrang va oq-tillarang korpuslarda sotuvga chiqarildi.

Redmi Note 5A Prime jihatlari:
Ekran: 5,5 dyuym, IPS, 1280 × 720 (HD) + Corning Gorilla Glass;
Chip: Qualcomm Snapdragon 435 (8 yadro, protsessor chastotasi 1,4 GGs);
Old kamera: 16 Mp, diafragma f/2.0;
Bosh kamera: 13 Mp, diafragma f/2.0;
Xotira: 3 GB tezkor + 32 GB doimiy + 2 ta SIM-karta + alohida microSD;
Akkumulyator: 3080 mA soat;
O‘lchamlari: 153×76,2×7,65 mm.

Rossiyada mazkur selfifon savdoning ilk kunlari munosabati bilan 200 AQSh dollaridan sotilmoqda. Keyinchalik uning 235 AQSh dollaridan sotilishi ma’lum bo‘lgan. Xitoyda esa gadjetni 135 dollarga xarid qilish mumkin.