Xiaomi Redmi 5 modellari internet do‘konida paydo bo‘ldi

Xiaomi Redmi 5 modellari internet do‘konida paydo bo‘ldi

Kuni kecha JD.com onlayn-do‘koni rasmiy veb-saytidagi gadjetlar qatoriga Xiaomi'ning Redmi Note 5, Redmi 5 va Redmi 5 Plus smartfonlarini qo‘shib qo‘ydi.

Bu esa tomonlari nisbati 18:9 standartida bo‘lgan bu "aqlli telefon"larning taqdimoti tez orada bo‘lishidan darak beradi. Shuningdek, smartfonlarning bir qator, jumladan Rossiya hududiga olib kelingani ham bu fikrni isbotlaydi.

Redmi Note 5, Redmi 5 va Redmi 5 Plus orasida eng qiziqarlisi Redmi 5 Plus hisoblanadi. Undagi 5,99 dyuymli, IPS-ekranning piksellar sig‘imi 2160 ga 1080 ta belgiga teng (FHD+). Shuningdek, smartfon 8 yadroli va 2,0 GGs chastota tezligiga ega Qualcomm Snapdragon 660 protsessorida faoliyat ko‘rsatadi.

Uning batareyasining sig‘imi 4000 mA soat hamda akkumulyator Quick Charge 3.0 texnologiyasi asosida tezkor quvvat oladi. Smartfon 3/4 GB tezkor hamda 32/64 GB doimiy xotira bilan ta’minlanadi. Bosh kamera 12 Mp (qo‘sh), old kamera 5 Mp aniqligidagi sensorlarga ega bo‘lgan.

Bir nechta insayderlarga ko‘ra, Xiaomi Redmi 5 Plus 2 karralik yaqinlashtirib va orqa foni g‘ira-shira qilib portret olishga usta bo‘ladi.

Eng muhim jihati mana shunday xususiyatlarga ega gadjetning narxi $300 dollardan oshmaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!