Xiaomi zamonaviy kishilarga zarur gadjetni taqdim qildi

Xiaomi zamonaviy kishilarga zarur gadjetni taqdim qildi

Xitoyning jahonga tanilib borayotgan Xiaomi korporatsiyasi o‘z muxlislarini xursand qilishdan bir zumga ham to‘xtayotgani yo‘q. Kuni kecha Xitoyda bugungi har bir zamonaviy kishiga zarur yangi gadjet taqdim qilindi. Smartfon, planshet yoki kompyuter va boshqa elektron qurilmalarga mo‘ljallangan bu pribor chindan ham bizga zarur.

Xiaomi taqdim etgan bu mahsulot yordamida gadjetlarimiz uzluksiz elektr tarmog‘ida bo‘lishadi. Mi Power Strip deb nom olgan birinchi qurilma "pilot" vazifasini bajaradi va unga bir vaqtning o‘zida 3 ta qurilmani ulash mumkin. Bu mahsulot $4 dollarga baholangan.

Xitoylik korporatsiya taqdim qilgan yana bir Mi Power Strip qurilmasi yuqoridagi talqindan svetodiodli indikator bilan farq qiladi. Shu bilan birga, bunda 2 ta USB (2.4A) portlari ham mavjud. Bularda ham xohlagan elektron qurilmalar – smartfon, planshet va boshqa gadjetlarni quvvatlash mumkin. Bu qurilmaga $7 dollar narx qo‘yilgan.

Xiaomi taqdim etgan eng qimmat tok uzatkich $14 dollarlik Mi Power Strip bo‘lib, bu talqin to‘liq zaryadlash stansiyasi vazifasini bajaradi. Unga bir vaqtning o‘zida 4 ta 220 V kuchlanishidagi tok qabul qiluvchi gadjetni, shuningdek USB (2.4A) portlari orqali yana 3 ta qurilmani ulash mumkin. Ta’kidlash joizki, har bir rozetkada muayyan gadjetga borayotgan elektr tokini o‘chirib qo‘yish uchun maxsus tugmalar ham bor.

Xonadonimiz elektron gadjetlarga to‘lib borayotgan bir paytda har birimizning elektr ta’minoitga ehtiyojimiz oshadi. Xiaomi taqdim etgan bu qurilmalarning muhim o‘ziga xosligini hali aytmadik -- ular devayslarni tok bilan bir me’yorda ta’minlash, qizib ketish va tok kuchlanishlarining oldini olish kabi muhim jihatlarga ega. Natijada, qadrdon texnikalarimizni xavotirsiz ularga ulashimiz mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.