Xitoyda Apple Watch Series 3'ning bosh funksiyasi o‘chirib qo‘yildi

Xitoyda Apple Watch Series 3'ning bosh funksiyasi o‘chirib qo‘yildi

Xitoylik mobil aloqa operatorlari Apple'ning yaqinda taqdim qilingan, mobil aloqani qo‘llab-quvvatlaydigan Watch Series 3 "aqlli soat"larini to‘satdan aloqa tarmoqlaridan uzib qo‘ydilar. Bu to‘g‘rida The Wall Street Journal nashri o‘zini oshkor etishni istamagan IT-tahlilchisiga asoslanib xabar tarqatmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Apple Watch soatlari bir muddat LTE tarmog‘ida ishlagan va ko‘p o‘tmasidan ulangan abonentlarda aloqa bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan. Shuningdek bu "aqlli soat" orqali ulanmoqchi bo‘lganlarga yangi abonentlar tarmoqqa ulana olmaganlar.



Tahlilchining so‘zlariga ko‘ra, smart-soatlarning aloqa tarmog‘idan uzib qo‘yilishi hukumatning topshirig‘i bilan amalga oshirilgan. Boisi, soatlar qo‘llab-quvvatlaydigan eSIM kartalaridan foydalanadigan foydalanuvchilarning "elektron xatti-harakatlari"ni kuzatishning imkoni yo‘q.

Series 3 soatlariga sim-karta o‘rnatishga hojat yo‘q, LTE-tarmoq uchun maxsus o‘rnatilgan chip mas’ul bo‘ladi. Bu chipni soatlarga Apple'ning o‘zi o‘rnatadi. Operator beradigan SIM-kartadan farqli ravishda, soatlarga o‘rnatilgan chiplarni foydalanuvchi nomiga rasmiylashtirmasdan turib ham ishlatishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Apple Watch Series 3 GPS + Cellular smart-vochlari 22 sentyabrdan boshlab xalqaro bozorda sotilmoqda. Uyali aloqa xizmatini qo‘llab-quvvatlovchi smart-soatlar narxi - 399 dollar (modul bilan) va 329 dollar (modulsiz).

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!