Xitoyda "inqilobiy", ilg‘or smartfon taqdim qilindi

Xitoyda

Xitoyning Smartisan kompaniyasi kuni kecha rekordchi smartfonni taqdim qildi. Smartisan R1 deb nomlangan modelning doimiy ichki xotirasi 1 TB (bir terabayt). Doimiy xotira kartasi UFS 2.1 standarti bo‘yicha tezkor ma’lumot almashadi. Shuningdek, xaridorlarga 64 va 128 Gbayt hajmli doimiy xotira talqinlari ham taqdim qilinadi.

Smartisan R1 yuqori talqinidagi tezkor xotira 8 gigabaytgacha, quyi talqinda 6 gigabaytgacha yetadi. Xotira masalasida gadjet ko‘plab noutbuklarni ham dog‘da qoldiradi.

Smartisan R1 smartfoni korpusi shisha panel hamda alyuminiy romdan ishlangan. Devaysga 6,17 dyuymli, Full HD+ (2240 x 1080 pikselli) sig‘imli hamda tomonlari nisbati 18,7:9 o‘lchamli ekran tanlangan.

Ma’lum qilinishicha Smartisan R1 smartfonidagi barmoq izi skaneri ekran ostiga joylashtirilgan. Ekran Gorilla Glass 3 himoya shishasi bilan qoplangan. Yuqori sifatli ekranning yuqori qismidagi o‘yiqda 24 megapikselli old kamera sensori mavjud.

Smartisan R1 bosh kamerasi qo‘sh ob’yektivli bo‘lib, 12+20 sensorlardan tarkib topgan. Bosh sensorlardan biri Mi Mix 2S flagmanida ham tatbiq qilingan IMX363 sensoridir.

Smartisan R1 apparat ta’minotida ayni paytda jahonda kuchli chiplardan bo‘lgan Qualcomm Snapdragon 845 protsessorini ko‘rish mumkin. Ya’ni smartfon «yuragi» — kuchli. Mazkur chipda 8 ta Kryo 385 hisoblash yadrolari va Adreno 630 videokartasi bor.

Smartisan R1 akkumulyatorining tok sig‘imi 3600 mA soat va uni Qualcomm QuickCharge 4+ standarti bo‘yicha tezkor quvatlash, shuningdek Qi standarti bo‘yicha simsiz quvvatlash ham mumkin.

2 SIM-kartali smartfon 4G VoLTE, Wi-Fi (802.11ac), Bluetooth 5 LE, GPS, NFC tarmoqlarida ishlaydi, shuningdek unda USB Type-C porti ham mavjud.

Smartisan R1 modelida stereodinamiklarning borligi yanada quvonarli jihat.

Smartfon o‘lchamlari: 153,3 x 74,5 x 7,9 mm, vazni: 170 gramm.

Smartisan R1 oq hamda qora korpuslarda ishlab chiqarilmoqda.

Texnik jihatlar:

Platforma: Android'ning o‘zlashtirilgan Smartisan OS 6.0 talqini;
Displey: 6,17", ~18,7:9, 2242x1080 belgi, har dyuymda 403 ppi, 1500:1, In-Cell Touch;
Kamera: qo‘sh sensorli, qo‘sh fotochaqnoq, Almalence texnologiyasi;
Bosh modul: 12 Mp, Sony IMX363 sensorm, 1,4 mkm pikselli, 6 linza, f/1,8 apertura, optik barqarorlashtirish;
Ikkinchi bosh modul: 20 Mp, Sony IMX350 sensori, 1 mkm pikselli, 6 linza, f/1,75 apertura;
Old kamera: 24 Mp, f/2,0;
Protsessor: 8 yadroli, 2,8 GGs, Qualcomm Snapdragon 845;
Grafik chip: Adreno 630, 700 MGs;
Operativ xotira: 6/8 GB, LPDDR4X;
Doimiy ichki xotira: 64/128/1024 GB, UFS 2.1;
Navigatsiya: A-GPS, GLONASS, Beidou;
Jihatlar: Bluetooth 5, NFC+eSE, Wi-Fi (802.11a/b/g/n/ac), 2,4/5 GGs, USB Type-C 3.0;
Aloqa tarmog‘i: GSM (Band 2, 3, 5, 8), CDMA 1X / EVDO (BC0, BC1, BC6), WCDMA (Band 1, 2, 3, 4, 5, 6, 8, 9, 19), TD-SCDMA (Band 34, 39), FDD-LTE (Band 1, 2, 3, 4, 5, 7, 8, 12, 17, 18, 19, 20, 25, 26, 28), TDD-LTE (Band 34, 38, 39, 40, 41);
Akkumulyator: 3600 mA soat.

Smartisan R1 narxi talqinlaridan kelib chiqib quyidagicha:

6 Gbayt tezkor hamda 64 Gbayt doimiy talqin — $550;
6 Gbayt tezkor hamda 128 Gbayt doimiy talqin — $630;
8 Gbayt tezkor hamda 128 Gbayt doimiy talqin — $700;
8 Gbayt tezkor hamda 1 Tbayt doimiy talqin — $1390.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!