Xushxabar: Telegram’da qidirish osonlashdi

  •   DiMaX
  •  6212
  •  25.10.2017 15:35

Xushxabar: Telegram’da qidirish osonlashdi

Ommabop Telegram messenjeriga yangi funksiyalar qo‘shildi, aniqrog‘i – qidirish funksiyasi boyitildi. Bu haqda  Telegram Live kanali xabar bergan.

Endi bu messenjerdagi yozishmalarda o‘zingizni eslab (teg qilib) yozilgan xatlarni hamda sizning xabaringizga javob tarzida yozilganlarini izlab topish mumkin.

Quyidagi jadvalda qidiruvda mazkur belgilar bilan nimalarni topishingiz mumkinligi ko‘rsatilgan:

Ko‘rib turganingizdek, sizni eslab yozilgan xabarni topish uchun izlash maydonchasiga @ belgisini yozishingiz kerak bo‘ladi. iOS tizimida esa @ belgisidan so‘ng bitta bo‘shliq (probel) ham qoldirish zarur.

Yozishmadagi sizning biror xabaringizga javoban yozilgan xabarni topish uchun esa #m deb yozishingiz lozim.