Yap-yangi Nokia 7'da suratga olib ko‘rishdi

Yap-yangi Nokia 7'da suratga olib ko‘rishdi

Kecha xabar berganimizdek, HMD Global kompaniyasi o‘rta narxli Nokia 7 smartfonini taqdim qildi. Ishlab chiqaruvchining ishonch bildirishicha, smartfon kuchli kameraga ega va uning surat olish imkoniyatlari Nokia 8 flagmaniniki bilan bir xil.

Garchi, Nokia 7'ning bosh kamera sensori toq bo‘lsa ham, muhandislar unga sifatli kamera texnologiyasini tatbiq qilishga harakat qilishgan. Xususan, 16 megapikselli bosh kamera sensoriga f/1.8 standartidagi yorug‘lik taqsimlovchi moslama o‘rnatilgan. Va, bu yerda qadimgi Zeiss brendi linzalarini ko‘rish mumkin. Old kamera sig‘imi 5 megapikselli va uning diafragmasi f/2.0 standartli.

$377 AQSh dollaridan boshlab sotilishi reja qilingan Nokia 7 kamerasi olgan quyidagi kameralarga baho bering.

Eslatib o‘tamiz, yangi smartfon o‘rtacha imkoniyatli Snapdragon 630 chipi platformasida yaratilgan hamda 4/6 Gb operativ xotira, 64 Gb doimiy xotira bilan ta’minlangan. microSD yordamida xotirani 128 Gb.gacha kattalashtirish mumkin. Nokia 7'ning 3000 mA soat tok sig‘imiga ega akkumulyatori unga quvvat yetkazib beradi. Uning shisha korpusi IP54 guvohnomasiga ega va changdan himoyalangan. Orqa panelda barmoq izlari skaneri ham bor.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!