YoZGI TA’TILDAN UNUMLI FOYDALANING: ZAMONAVIY VA DAROMADLI KASBNI O‘RGANING

  •   DiMaX
  •  2647
  •  17.05.2018 14:02

YoZGI TA’TILDAN UNUMLI FOYDALANING: ZAMONAVIY VA DAROMADLI KASBNI O‘RGANING

Butun ta’tilda uch oy vaqtni qanday qilib mazmunli o‘tkazish mumkin? O‘quvchi va talaba bu vaqt ichida nimalarni o‘rganib, qanday ishlarni amalga oshira oladi?

  1. Uyda biror jiddiy ish bilan mashg‘ul bo‘lmay, bekor o‘tkazish.
  2. Dam olishga, sayohatga borish, o‘yin-kulgu bilan o‘tkazish.
  3. Pul topish maqsadida qo‘shimcha mehnat qilish.
  4. O‘quv kurslarida bilimlarini oshirish, kasb-hunar o‘rganish.

Biz eng qimmatli bo‘lgan vaqtni bugun va kelajakda har taraflama foyda keltiradigan zamonaviy ilm-hunar-kasb hisoblangan dasturlashni o‘rganishga sarflashni maslahat beramiz.

Dasturlashni o‘rganish orqali sizda yangi bilim, bu orqali yaxshi daromad ishlab topish, yangi do‘stlar orttirish, yangi g‘oyalar va rejalar tuzish imkoniyati paydo bo‘ladi. Xullas, oltinga teng vaqtingizdan unumli foydalanib har tomonlama yutuqqa erishishingiz mumkin.

Qaror qabul qilishda adashmang yoshlikda olingan ilm toshga bitilgan naqshdir. Vaqt, aql, mablag‘ kabi qimmatli resurslaringizni sarflashda xushyor va jiddiy bo‘ling. Zero, yo‘qotilgan vaqtni ortga qaytarib bo‘lmaydi.

Serdaromad soha

Forbes jurnali e’lon qilgan hozirgi kundagi eng boy 15 kishining 6 nafari dasturlash va axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritadi. Jumladan, 122 milliard dollar mag‘labga ega bo‘lgan Jef Bozes mashhur onlayn savdo tarmog‘i hisoblangan amazon.com asoschisidir. Bizni kompyuter haqidagi tasavvurimizni shakllantirgan Windows eslangandan, uning asoschisi Bil Geyts eng boy odam ekanligini ham eslab o‘tamiz. Yosh milliarder hisoblangan Mark Sukerburg esa hozirda insoniyat ijtimoiy tarmog‘i hisoblangan Facebookni yaratib, tarmoqni muvaffaqiyatli boshqarib kelmoqda.

Ushbu jurnal nashrining ma’lumot berishicha, jahon mehnat bozorida axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislariga ehtiyoj kundan-kunga jadal oshib bormoqda. Jumladan, bu yo‘nalishdagi loyiha menejerlariga yiliga $121000 dollargacha ish haqi to‘lanmoqda. Dasturiy ta’minot injeneri $109000, tarmoqlar xavfsizligini ta’minlash sohasi mutaxassisi yiliga $137000 dollargacha mablag‘ ishlab topmoqda.

2017 yilning yozida internet axborot saytlarida «O‘zbekistonda Axborot texnologiyalari sohasida oylik ish haqi 7 million so‘mdan 11 million so‘mgacha bo‘lgan ish taklif qilinmoqda», degan e’lon tarqaldi. Ushbu e’lon aholi orasida ancha katta qiziqish va muhokamalarga sabab bo‘ldi. Albatta, nisbatan katta maosh to‘lanadigan bunday ishga davlat idoralari tomonidan rasmiy ravishda e’lon berilishi, ish izlayotgan, ko‘proq daromad qilishni xohlayotgan fuqarolarning e’tiborini tortdi. Ushbu o‘ziga xos shov-shuvli e’lon ko‘pchilikda «programmist», «dasturchi», «developer» degan kasblar haqida izlanish va tushunchalar shakllanishiga sabab bo‘ldi. Nima uchun ularga bunday yuqori maosh to‘lanishi, bu sohani biladigan mutaxassislarga talab yuqoriligi haqida umumiy ma’lumotga ega bo‘lishdi.

2018 yil yurtimizda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» deb e’lon qilindi. Umuman, so‘nggi yillarda davlatimiz siyosatida axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni rivojlantirishga jiddiy e’tibor berilmoqda. Buning asosiy sababi yuqorida aytganimizdek bu sohaning dunyo iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rni bilan bog‘liq. Yaqin vaqtlarda O‘zbekiston hududiga Amazon, PayPal, HP, Google, Apple kabi mashhur kompaniyalar kirib kelishi kutilmoqda. Bu o‘z o‘rnida dasturchilarga bo‘lgan talabni yanada oshirishi tabiiy holat. Bunday imkoniyatga tayyor turish faqat foyda keltiradi.

Dasturlashni istagan kishi o‘rgana oladi

Axborot texnologiyalari sohasidan uzoqroq bo‘lgan insonlarda «bu kasbni egallash qiyin», «mening mutaxassisligim umuman boshqa-ku», «yoshim o‘tib qoldi, endi kech» kabi fikrlar tug‘ilishi tabiiy. Lekin, dasturchilik haqida internetdan maqolalarni qidirib o‘qilsa fikrlar ijobiy tomonga o‘zgaradi va dasturchilikni o‘rganishga ishtiyoq paydo bo‘ladi. To‘g‘ri, balki kelajakda kuchli professional dasturchi bo‘lmasligi mumkindir, lekin, Frontend texnologiyalarini boshlang‘ich darajada yaxshi o‘rganishining o‘ziyoq o‘rganuvchiga ilmiy-ijodiy va biznes g‘oyalarini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Axborot olamining cho‘qqilari bo‘lgan Microsoft, Apple, Google, Facebook, Amazon, Alibaba kabi kompaniyalarning dunyoga kelishi ham oddiy qiziqish va ishtiyoqning samarasidir.

Dasturlashni bilishning moddiy imkoniyatlariga yetarlicha misollar keltirildi. Uning ilmiy tomondan foydasi zamonaviy texnologiyalarni «o‘zingizga bo‘ysundirasiz». Ma’naviy – axloqiy tomondan esa internetda, kompyuter oldida o‘tkazayotgan vaqtingizni ilm va kerakli narsalarga sarflashni boshlaysiz.

Ota-onalar kompyuter o‘yinlariga juda qiziqadigan farzandlarini qanday qilib bundan ajratish haqida bosh qotirishadi. Dasturlashni o‘rgatish bu muammoni hal qilishdagi eng qulay usullardan biridir. Tahlillarga ko‘ra kompyuter o‘yinlarini juda yaxshi o‘ynaydigan bolalardan kuchli dasturchilar chiqqan. Bundan tashqari kompyuter o‘yinlarini yaratish uchun murakkab texnologiyalarni bilish talab qilinishi bilan birga hozirgi kunda dunyoda kompyuter o‘yinlari biznesi eng daromadli sohalardan biri hamdir. Aytmoqchi bo‘lganimiz, bolani biror yaxshi ko‘rgan narsasini cheklagandan ko‘ra o‘sha yo‘nalishda uni tartib va nazoratda boshqargan ma’qul. Balki u kelajakda kuchli dasturchi bo‘lib shakllanar. Xususan, bugungi kun avlodining aksariyati kompyuter o‘yinlari bilan katta bo‘lmoqda.

Odatda, dasturchilar bizning ko‘zimizga salkam bugungi kunning daholaridek ko‘rinadi. Ularga havas qilamiz, ammo o‘zimiz ham ular kabi bo‘la olishimizga ko‘zimiz yetmaydi.

Vaholanki, muvaffaqiyatli dasturchilar ham sizu biz singari oddiy odam va ular ham yuksak cho‘qqilar sari yo‘lni quyi pog‘onadan boshlashgan.

Necha yoshda ekanligingiz, faoliyat sohangizdan qat’i nazar, siz ham dasturlashni o‘rganishingiz mumkin. Buning uchun oliy o‘quv yurtiga kirib o‘qishga ham hojat yo‘q, dasturlashni maxsus o‘quv kurslarida o‘rganish imkoni ham bor.

Personal Development Process Dasturlashni o‘rgatish akademiyasi

Personal Development Process dasturlash va chet tillarini o‘rgatish o‘quv kurslari akademiyasi 2017 yil sentyabr oyida tashkil etilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida talabalarning ishonchini qozondi. PDP akademiyasi o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yganligi, o‘z sohasining tajribali mutaxassislarini jamlaganligi sababli rivojlanishda davom etmoqda.

PDP akademiyasida bugungi kunga kelib quyidagi texnologiyalarni o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilgan:

- Web Full stack Development;

- Mobile Development;

- English.

Hozirda 200 dan ortiq talabalar o‘quv kurslarimizda dasturlash sirlarini o‘rganishmoqda.

PDP akademiyasida darslar qulay va shinam xonalarda interfaol usulda, amaliy mashg‘ulotlar bilan o‘zbek tilida olib boriladi.

PDP akademiyasida darslar yoshi, ta’lim darajasi, ma’lumotidan qat’iy nazar talabalar o‘rtasida do‘stona va o‘zaro yordam asosiga qurilgandir. Bilganlarini o‘rtoqlashish, savollar va masalalarga birgalikda javob topish ta’lim olish uchun erkin va yaxshi muhitni yaratadi.

Personal Development Process o‘quv markazining manzili: Toshkent shahar Mirobod tumani Afrosiyob ko‘chasi, 4-uy. «Grand Trade» biznes markazi.

Mo‘ljal: «Kosmonavtlar» metro bekati, Turkmaniston elchixonasi ro‘parasida.

Shuningdek, qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi manbalardan ham bilib olishingiz mumkin:

Sayt: http://pdp.uz/

Telefon: +99897 447 47 41

Telegram: @PdpUzAdmin

Telegram-kanal: @PdpUzAcademy

Elektron pochta: [email protected]

Facebook sahifasi: fb.me/pdp.uz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!