"Yubiley ayfoni" -- iPhone X taqdim qilindi

Nihoyat, bu OLED ekranli iPhone X! Ya’ni "Ten"! Uni Apple "Super Retina" texnologiyasidagi  OLED ekran" deb atadi.




Bu barqaror ishlashi uchun telefonda qo‘shimcha, A11 chipiga yordamchi modul o‘rnatilgan. 







5.8 dyuymli shisha korpus suv va changdan himoyalangan. Har bir dyuymda 458 ta belgi, piksellar sig‘imi 2436 x 1125! 

3D Touch, True Tone, Home tugmalari endi yo‘q. Ekran esa unga barmoq tegishi bilan yoqiladi.

Telefon asosan ishora bilan boshqariladi. Yon tomondagi tugma kattalashgan va u Siri virtual yordamchisini chaqiradi. 

Razblokirovka uchun — Face ID skaneridan foydalanilgan. Bu funksiya uchun yordamchi chipi mas’ul.

Ekran ustidagi kichik hududda joylashgan datchiklar orasidagi infra-qizil rangli kamera Face ID funksiyasining tunda ham ishlashiga xizmat qiladi. 

Face ID foydalanuvchi qiyofasini shu qadar diqqat bilan o‘rganadiki, u hatto soch turmagining o‘zgargani va ko‘zoynakni ham taniydi va kunning xohlagan vaqtida ishlaydi.

Ma’lum qilinishicha, Touch ID'ni buzib kirish imkoniyati 50 mingtadan 1 urinishga teng. Face ID orqali razblokirovka qilish imkoniyati 1 milliontadan bitta holatni tashkil qiladi. Bunda ham smartfon juda o‘xshash egizaklarda adashishi mumkin. 

Flagmandagi Animoji texnologiyasi — animatsion emoji bo‘lib, kamera qiyofaning holatini aniqlaydi va foydalanuvchining his-hayajonini emojilarda bayon qiladi.

Dasturiy ta’minot imkoniyatlari yuqori! "X" talqini dizayni va ilg‘or chipi bilan diqqatga sazovor! 6 yadroli bu chip jahonning eng kuchli mobil protsessori bo‘lishi mumkin.  

iPhone X bosh kamerasi ham 2 sensorli. Shubilan birga, fotochaqnog‘i 4 diodli!

Shuningdek, bu flagmanda ham simsiz quvvat olish uchun QI standarti qo‘llanilgan. Ma’lum qilinishicha, uning akkumulyatorining quvvati iPhone 7'nikidan 2 soat ko‘proqqa yetadi.   

Umuman olganda, iPhone X — iPhone 8'ning romsiz holati, desa to‘g‘ri bo‘ladi. Faqat kamera imkoniyatlari bir oz yuqori. Platforma samaradorligi deyarli bir xil.

Yana bir muhim xabar! AirPods audio-quloqchini uchun ishlangan yangi g‘ilof uni simsiz quvvatlaydi. 

AirPower simsiz quvvatlash gilamchasi esa yil oxirida sotuvga chiqariladi.

Navbatdagi videoda dizayner Joni Ayv iPhone X dizayni haqida gapirib berdi. 

iPhone X 2 talqinda — 64 GB va 256GB doimiy xotirali talqinlarda sotuvga chiqadi. Uning narxi 999 dollardan boshlanadi! Eng qimmati esa $1,149 dollardan sotiladi. Oktyabrdan avvaldan buyurtma olinadi va flagman 3 noyabrdan sotuvga chiqariladi.

Yuqoridagi so‘nggi surat -- devayslar ro‘yxatiga qarar ekansiz, na uyoqlik yoki na buyoqlik bo‘lgan iPhone 8 Plus'ning unda yo‘qligidan, bu gadjet kimga kerak, degan fikr miyadan o‘tadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!