Elektromobillar kelajagi: elektr qachon yonilg‘ini butkul yengadi?

1913 yilda Henri Fordning ilk ishlab chiqarish liniyasi ishga tushgandan keyin sodir bo‘lgan eng katta inqilob davrida yashayapmiz. Bu inqilob kutilganidan ko‘ra ancha tez sodir bo‘lishi mumkin.

Las-Vegas ostida Ilon Mask tonneli ishga tushdi, unda Tesla tezligi 185 km/soatga chiqdi!

The Boring Company ta’kidlashicha, ushbu tonnellar 45 daqiqalik sayohatni atigi ikki daqiqalik safarga aylantiradi. Kompaniya ular orqali soatiga 4400 nafar yo‘lovchi tashishni yo‘lga qo‘ymoqchi.

Eng arzon elektromobil hatto Toyota Corolla’ni ham ortda qoldirdi!

Ushbu ixcham va arzon elektrokarni akkumulyatorining yurish zaxirasi 120 hamda 170 kilometrga yetuvchi versiyalarda sotishadi, birinchisining Xitoydagi narxi taxminan 4500 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi.

«MDH mamlakatlarida ham Tesla zavodlari paydo bo‘ladi» – Ilon Mask

«Tez orada Rossiyada Tesla paydo bo‘ladi. Shuningdek, Qozog‘iston, MDH davlatlariga ham e’tibor qaratish kerak. Bu biz uchun muhim, shuningdek, bizga Tesla’ni qo‘llab-quvvatlovchi odamlar ham muhim», degan u.

O‘zbekistonda elektromobil importi: qayerlardan, qayerlarga, nechta va qanchaga?

2021 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga xorijdan 156 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 138 taga ko‘p.

Ilon Mask hattoki McLaren P1 superkarini yenggan – dunyodagi eng tezkor avtomobilning sotuvga chiqish kunini aytdi

Ushbu elektrokar hozir seriyali ishlab chiqarilayotgan avtomobillar orasida eng tezkori ekanligini Mask yana bir bor ta’kidlagan. Avvalroq esa biz buning amaldagi isboti bo‘lgan «jonli» videoni ulashgan edik.

Tesla hali ishlab chiqarilmagan elektrokarlarini ham allaqachon sotib tugatdi!

Kompaniya Model S, Model 3, Model X, Model Y mashinalarini bozorga taqdim etgan. Lekin barchasidan arzon bo‘lishi kutilayotgan Model 2 yoki Model H elektromobilini 2022 yildayoq ommaviy ishlab chiqara boshlaydi.

Tesla’ni tark etgan dizayner Cybertruck elektropikapining «maxfiy» interfeysini videoda ko‘rsatdi

Ilon Mask kompaniyasi uchta rusumdagi mahsulotini rasman namoyish qilgan, lekin savdosini boshlamagan. Bular – Cybertruck pikapi hamda Roadster sport elektromobili, shuningdek Semi elektrik yuk mashinasidir.

Eng ommabop arzon elektrokar kabriolet-versiyada ham chiqyapti: bu sizga Tesla emas! (video)

2020 yili eng ko‘p sotilgan elektromobil Tesla Model 3 bo‘lsa, xitoyliklarning Wuling HongGuang Mini EV elektrokari ikkinchi o‘rinni olgan edi.

Tesla avtopiloti kamikadzelik qilib, salondagi ikki kishini ham yondirib o‘ldirdi

Ilon Mask yanvar oyida, bu yil kompaniya avtomobillari mustaqil tarzda hattoki haydovchi boshqarganidan ham xavfsizroq yura oladigan bo‘lishini aytib maqtangan edi. Lekin faktlar buning aksini ko‘rsatmoqda.

Ilon Mask hali chiqmagan Tesla Cybertruck salonini ilk bor ko‘rsatdi: ekran, shturval...

Texasdagi Tesla Gigafactory zavodi qurilishiga milliarder shu pikapda borgan, uni zavod hududida haydab yurgan, ishchilar bilan suhbatlashgan va hatto ularga mashinaning ichlarigacha ko‘rsatgan.

Tesla elektromobiliga so‘kina ko‘rmang – buni buyruq o‘rnida qabul qiladi!

Foydalanuvchilarning ta’kidlashicha, xuddi shu buyruq ba’zida bagaj eshigini ham ochadi, shuning uchun uni yo‘lda sinab ko‘rmagan ma’qul.

Tesla bir kunda naq $50 milliardga qimmatladi!

Kompaniya kapitalizatsiyasi oshuvi ortidan uning rahbari Ilon Mask boyligi ham ko‘payib bormoqda. Umuman olganda, so‘nggi bir yil mobaynida uning sarmoyasi sakkiz baravardan ko‘proqqa oshgan!

«Yo‘lni bo‘shat, Tesla!» – ilk «quyosh» avtomobili ishlab chiqildi

Avtoulovning og‘irligi 1814 kilogrammni tashkil etadi. Quyosh energiyali avtomobil 100 km/soatlik tezlikka juda tez – Tesla Model S Plaid elektromobilidan 1,99 soniyaga tezroq yetadi.

Tesla birorta Model S yoki Model X chiqarmasdan ham savdoda rekord o‘rnatdi!

Hisobot davrida Tesla jami 180 338 ta avtomobil ishlab chiqargan va undan ko‘proq – 184 800 donasini xaridorlarga yetkazib bergan. Bu ko‘rsatkichlar kompaniya uchun chorak bo‘yicha rekord hisoblanadi.

O‘zbekistonda elektromobillarning davlat raqami belgilari boshqacha bo‘ladi

2021 yil 1 iyundan boshlab elektromobillar uchun alohida farqlovchi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari bilan ta’minlash choralari ko‘rilishi belgilangan.

Atigi 4 soniyada tezligi 100 km/soatga yetuvchi BMW i4 elektromobili namoyish qilindi

BMW i4 akkumulyatorining to‘la zaryadi bilan 590 kilometrlik masofagacha yura oladi. Mashina bir nechta variantlarda taklif etiladi, quvvati 390 kilovattni (530 ot kuchini) tashkil etadi.

Tesla hali sotuvga chiqarmagan elektromobil yo‘lda «qo‘lga tushdi» («jonli» video)

Semi modeliga taqdimot kunining o‘zidayoq uch yuzdan ortiq oldindan buyurtma olingan. Unga talabgorlar orasida Walmart, United Parcel Service hamda PepsiCo kabi nufuzli kompaniyalar bor.

Toyota Yaponiyada kelajak shahrini qura boshladi

Shaharda uch turdagi yo‘l bo‘ladi: piyodalar, elektr samokatlar va avtomobillar uchun mo‘ljallangan. Transport vositalarining asosiy qismini Toyota ishlab chiqargan e-Palette elektromobillari tashkil etadi.

Yevropada atigi 4500 dollarlik elektromobil paydo bo‘lishi mumkin

Ushbu modelni odatiy yengil avtomobildan farqli o‘laroq, smart yo kompakt deb atash mumkin. Salonida o‘ta komfort yoki ko‘plab zamonaviy tizimlar ham yo‘q, lekin narxi uni judayam ommabop qilib yubordi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш