Eng arzon elektromobil hatto Toyota Corolla’ni ham ortda qoldirdi!

  •   DiMaX
  •  4299
  •  26.05.2021 13:46

Eng arzon elektromobil hatto Toyota Corolla’ni ham ortda qoldirdi!

2020 yili eng ko‘p sotilgan elektromobil Tesla Model 3 bo‘lsa, xitoyliklarning Wuling HongGuang Mini EV elektrokari ikkinchi o‘rinni olgan edi. Qizig‘i – ushbu arzon elektromobil yangi bo‘lib, 2021 yili ham xaridorligini pasaytirmagan va...

O‘QING: Eng ommabop arzon elektrokar kabriolet-versiyada ham chiqyapti: bu sizga Tesla emas! (video)

Wuling HongGuang Mini EV elektrik mashinasi o‘tgan oyda Xitoy bozorida 30 mingtaga yaqin sotilib, eng xaridorgir avtomobillar kuchli uchligiga kirgan. «Osmon osti saltanati»da sotilishi bo‘yicha u juda ommabop sedan – Toyota Corolla modelini ham ortda qoldirgan: ushbu yapon mashinasini 24 ming nafardan oshiqroq xaridor tanlagan, xolos.

Ushbu ixcham va arzon elektrokarni akkumulyatorining yurish zaxirasi 120 hamda 170 kilometrga yetuvchi versiyalarda sotishadi, birinchisining Xitoydagi narxi taxminan 4500 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Wuling HongGuang Mini EV modelining barcha asosiy xususiyatlari hamda suratlari bilan mana bu maqolamizda tanishish mumkin.

O‘QING: O‘zbekistonda elektromobil importi: qayerlardan, qayerlarga, nechta va qanchaga?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!