«Aslo qotmas» telefonlar ijodkori eng arzon 5G-smartfonini taqdim etdi (+anboksing videosi)

OnePlus Nord N200 akkumulyatori 5000 mA/soatlik bo‘lib, USB Type-C porti orqali 18 vattlik tezkor quvvat oladi. Telefon korpusining o‘lchamlari 163,1x74,9x8,3 millimetrga, vazni esa 189 grammga teng.

AMOLED-displey, 64 MP kamera, NFC va 12 GBgacha «operativka»li 5G-smartfon – €329dan boshlanuvchi narxlarda!

OnePlus Nord CE bosh kamerasi uchtalik: 64 MPlik asosiy modul (f/1.79 diafragmali), keng burchakli ob’yektivga ega 8 MPlik sensor (f/2.25) hamda aniqligi 2 MPlik (f/2.4) makrokamera.

AnTuTu: May oyida egasini rozi qilgan smartfonlar reytingida bulturgi flagmanlar yetakchi!

Meizu kompaniyasining bu yilgi flagmanlari hatto iPhone egalarini ham Android-smartfonlarga o‘tishga majbur etayotgani haqida yozgan edik. Lekin AnTuTu reytingida uning boshqa bir modeli g‘olib bo‘lgan.

Google I/O 2021: ilk Android 12 beta-versiyasi 26 modeldagi smartfonga taqdim etildi! (+ro‘yxat)

Qidiruv giganti Google I/O 2021 tadbirining birinchi kunida Android 12 Beta 1 versiyasini namoyish etdi va uni o‘rnatib sinab ko‘rish mumkin bo‘lgan smartfonlar ro‘yxatini ham e’lon qildi.

Eng zo‘r batareyali smartfonlar (DxOMark reytingi, 2021 yil may)

DxOMark buning uchun yangi benchmark ishlab chiqdi va unda batareyalarning barcha jihatlari – quvvatlanish tezligi, avtonomlik muddati, turli ssenariylar bo‘yicha samaradorlik kabi parametrlar tekshiriladi.

Yevropaliklar eng ko‘p qaysi brendlar smartfonlarini olishyapti?

Xiaomi’ga raqib arzonchi brend Yevropa bozorida atigi 2 foizlik hissasi bilan yettinchi o‘rinda bo‘lsa-da, smartfon savdolarini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan eng ko‘p – naq 183 foizga o‘stira olgan!

2021 yil 1-chorakdagi eng zo‘r o‘nta smartfon (Master Lu reytingi)

Kuchli o‘nlikka oltita kompaniyaning flagmanlari kirgan, lekin shulardan bittasining vakillari naq uchta o‘rinni zabt etgan!

Eng ravon interfeysli smartfonlar (Master Lu reytingi, 2021 yil mart)

Bu testda smartfonda fayllarni nusxalash, ish stolidagi yorliqlarning joyini almashtirish, veb-sahifalar va ilovalarning, shuningdek galereya va suratlarning yuklanish tezliklari baholangan.

2021 yilning eng zo‘r beshta smartfoni (Consumer Reports talqini)

Beshta model turli mamlakatlardagi uchta smartfonsozga tegishli bo‘lib, turli narx toifalariga mansub.

OnePlus 9 Pro kamerasi Galaxy S21 Ultra’nikiga qarshi: «jonli» test videosi!

«Aslo qotmas» smartfonlar ijodkori OnePlus 9 Pro kamerasini alohida ta’kidlab, uni ishlab chiqishga juda ko‘p vaqt va mablag‘ sarflaganini aytgan. Xo‘sh, «flagmanlar kushandasi» bu xarajatlarni oqlay oldimi?

5G tezligi testi: iPhone 12 barcha Android-flagmanlarga mag‘lub bo‘ldi!

Mutaxassislar ayfonlarning 4G tarmog‘idan 5G standartiga o‘tishi bilan internet tezligi 2,3 baravarga oshganini ta’kidlashgan, lekin Android-smartfonlar baribir ancha oldinda.

OnePlus 9 va 9 Pro'ning renderlari sizdirildi. Kompaniya direktori smartfonlarning muhim jihatini oshkor qildi

OnePlus 9 va OnePlus 9 Pro smartfonlari ikki haftadan so‘ng taqdim qilinishi kutilmoqda. Qurilmalarning barcha rangdagi renderlari sizdirib yuborildi.

TOP-10: Eng qudratli Android-flagmanlar (AnTuTu global reytingi, 2021 yil fevral)

Xitoychasidan farqli ravishda, global reytingda eng ko‘p – naq to‘rtta o‘rinni Samsung vakillari zabt etgan (lekin lider boshqa). Qolgan pog‘onalardan esa oltita kompaniyaning bittadan flagmanlari joy olgan.

Exynos 2100 chipli Galaxy S21 Ultra: to‘rtta flagmanga qarshi ilk avtonomlik testi!

Tajribada undan tashqari yana Xiaomi Mi 11, iPhone 12 Pro Max, OnePlus 8 Pro hamda Galaxy S20 Ultra flagmanlari qatnashgan.

OnePlus ilk taqiluvchi gadjetini chiqardi: Mi Band 5’ning arzon kushandasi! (+video)

OnePlus Band modelini uch o‘qli akselerometr, giroskop hamda pulsoksimetr (qonning kislorodga to‘yinganlik datchigi – SpO2) bilan ta’minlashgan.

Eng innovatsion sakkizta smartfon – CES 2021 sovrindorlari

Hakamlar hay’ati – industriyaning 89 nafar ekspertlari biror flagmanni emas, balki Samsung kompaniyasining o‘rta narxli modelini narx va sifat mutanosibligiga ko‘ra eng zo‘r smartfon, deya e’lon qilishdi.

«Qurilmalarni qiynovchi» texnobloger 2020 yilning eng, eng, eng... smartfonlarini e’lon qildi (+video)

JerryRigEverything nomli YouTube-kanalida turli yangi smartfonlarni ayovsiz qiynab ko‘rsatuvchi Zak Nelson ismli videobloger 2020 yildagi gadjetlarning eng yaxshi va eng yomonlarini aytdi.

Beshta yo‘nalishda 2020 yilning eng zo‘r Android-smartfonlari (Gizmochina reytingi)

Beshtagina o‘rinli ushbu reytingga ikkita vakili kirgan bittagina smartfonsoz bor...

TOP-15: Rekord darajada tez quvvatlanuvchi smartfonlar

Ro‘yxatda birorta ham iPhone yo‘q, kuchli o‘ntalikdan esa faqat xitoylik kompaniyalarning vakillari o‘rin olgan! Yarim soatga ham yetmasdan quvvatlanib ulguruvchi bittagina smartfon bor ekan.

Roskachestvo reytingi: eng zo‘r smartfon – bulturgi flagman, eng qimmati esa atigi 4-o‘rinda!

Apple’ning eng qimmat smartfoni uning bulturgi modelidan ham, Samsung kompaniyasining bu yilgi va hatto o‘tgan yilgi flagmanlaridan ham pastda!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш