Honor 8X: ekrani katta, narxi arzon, sifati zo‘r deyishmoqda

  •   Saroy
  •  7914
  •  25.08.2018 10:59

Honor 8X: ekrani katta, narxi arzon, sifati zo‘r deyishmoqda

Huawei kompaniyasi 5 sentyabrda Honor 8X va ulkan 8X Max taqdimotini o‘tkazayotganini ma’lum qilib, taklifnomali posterni tarmoqqa joyladi.

To‘g‘risini aytganda, Honor 8X modelining  asosiy raqobatchilari orasida ajralib turadigan biror jihati yo‘q, ammo Honor 8X Max barchani hayratga solishi turgan gap, chunki uning displeyi 7,1 dyuym keladi, formati — Full HD+. Smartfonning romi juda kichkina, Odatdagi «qosh» o‘rniga old kamera atrofida unchalik katta bo‘lmagan qirqma bor. Dizayn haqidagi boshqa jihatlar hali ochilgani yo‘q.

O‘QING:Tarmoqlarda Honor 8X smartfoni qutisining surati paydo bo‘ldi

Gap-so‘zlarga qaraganda,  Honor 8X ham, 8X Max ham  Snapragon 660 protsessorida ishlaydi, shuningdek Kirin 710 chipi haqida ham ma’lumotlar aytilmoqda. Qo‘shimchasiga qurilma 4 GB tezkor xotira va ikkitalik kameraga ham ega, deb xabar beradi GSMArena.

Smartfonning narxi hozircha noma’lum. Uning katta modeli  Xiaomi Mi Max 3 fableti bilan raqobatlashsa kerak, deyilmoqda xabarda.

O‘QING:Honor Note 10 taqdim qilindi: yana bir kuchli flagman yarim narxida!

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!