11 yil mobaynida chiqqan barcha Google smartfonlarini bitta videoda taqqoslaymiz!

  •   DiMaX
  •  719
  •  04.12.2019 11:49

11 yil mobaynida chiqqan barcha Google smartfonlarini bitta videoda taqqoslaymiz!

Android operatsion tizimli birinchi smartfon keng jamoatchilikka 2008 yili ko‘rsatilgan edi. HTC Dream rusumli bu qurilmani yaratishda ishlab chiqaruvchiga aynan Google maslahatgo‘ylik qilgan.

O‘QING: Android haqida siz bilmagan faktlar

Google mobil operatsion tizimini ilk bor qo‘llagan ushbu qurilma Android 1.0 talqinida ishlagan bo‘lsa, keyinroq chiqqan HTC Magic modeliga Android 1.5 Cupcake talqini o‘rnatilgan edi.

Motorola Droid esa nafaqat to‘laqonli moddiy klaviaturaga va o‘z davri uchun ulkan o‘lchamga, balki Android 2.0 Eclair operatsion tizimiga ham ega bo‘lgan. 2010 yilga kelib afsonaviy Google Nexus turkumiga start berilgan, uning ilk vakili HTC Nexus One edi. Keyinroq bo‘lsa HTC Dezire Z hamda Samsung Nexus S bu safga qo‘shildi.

Va nihoyat, Google o‘zining Pixel brendli smartfonlarini chiqara boshladi; ularning so‘nggilari – Google Pixel 4 va Pixel 4 XL modellari shu yilning oktyabrida taqdim etildi, ammo bir necha marta hafsalani pir qildi.

O‘QING: Tezlik zavqi: Pixel 4 XL tezroqmi yoki iPhone 11 Pro Max'mi? (+video)

Xullasi kalom, mobil qurilmalar olamida operatsion tizimdan boshlangan Google faoliyati o‘z kuchi bilan smartfon chiqarishgacha yetib bordi. O‘tgan o‘n bir yil mobaynida uning smartfonlaridagi o‘zgarishlarni Mrwhosetheboss nikli YouTube-bloger «jonli» tarzda ko‘rsatib berdi. Uning maxsus videolavhasida Google’ning «qo‘li tekkan» barcha mobil telefonlar o‘zaro taqqoslangan:

Mrwhosetheboss umumiy hisobda yigirmatacha smartfonni ishlatib ko‘rsatgan. Yillar davomida qurilmalarning tashqi ko‘rinishi ham, operatsion tizimning dizayni ham qanchalik taraqqiy etganini solishtirib ko‘rish zavqidan bahra oling!

O‘QING: Afsonaviy besh smartfon