128 GB xotirali Galaxy A30s smartfonini hattoki uning 64 GBligidan ham arzonga olish mumkin!

  •   DiMaX
  •  4314
  •  27.12.2019 13:59

128 GB xotirali Galaxy A30s smartfonini hattoki uning 64 GBligidan ham arzonga olish mumkin!

Samsung kompaniyasi shu yilning sentyabrida Galaxy A30s smartfonini rasman namoyish etgan edi. Bozorga uni tezkor/doimiy xotira hajmiga ko‘ra 3/32 hamda 4/64 gigabaytlik variantlarda chiqarishgan.

O‘QING: Samsung’ning yana bir arzon smartfoni Geekbench’da «qo‘lga tushdi»

Gizmochina nashrining yozishicha, Samsung bu smartfonining yangicha konfiguratsiyali – 4/128 gigabaytlik xotiraga ega variantini ham chiqargan. Hindistondagi do‘konlarida uni allaqachon 225 dollarga teng narxda sotuvga ham qo‘ygan, demoqda manba.

Qizig‘i shundaki, ayni shu Galaxy A30s modelining 4/64 gigabaytligi Hindistonda ilk bor sotila boshlaganida, unga taxminan 238 dollar narx belgilangan edi. Ya’ni, smartfonning ichki xotira hajmi kattaroq bo‘lgan varianti undan ham arzon chiqqan!

Odatda smartfonlar bozorga chiqqanidan ma’lum bir muddat o‘tib yoki yangi modellar taqdimoti arafasida eskilarining narxlari biroz pasaytiriladi. Samsung bu gal shunchaki o‘sha pasaytirilgan narx bilan chiqarib qo‘yavergan bo‘lishi mumkin. Ammo 4/128 gigabaytlik Galaxy A30s boshqa bozorlarga chiqish-chiqmasligi hozircha noma’lum.

O‘QING: Galaxy S11 modellari haqida yangi xabar tarqaldi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!