15 millionta bank kartasini o‘g‘irlagan shovvozlar: ukrainalik xakerlar guruhi qo‘lga tushdi

  •   Saroy
  •  1261
  •  02.08.2018 13:43

15 millionta bank kartasini o‘g‘irlagan shovvozlar: ukrainalik xakerlar guruhi qo‘lga tushdi

Uch nafar Ukraina fuqarosi xakerligi uchun hibsga olindi. Ular 100 ta kompaniyaga xakerlik hujumini uyushtirgan. Kompaniyalar orasida yrik restoranlar tarmoqlari ham bo‘lgan.  Asosan, bank kartalari jinoyatchilar nishoniga aylangan. Firibgarlar jami 15 millionta mijozni o‘z o‘ljasiga aylantirishgan ekan.

Internet-xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar aniqlashicha, ushbu xakerlar  Carbanak guruhi tarkibiga kiradi. Ular o‘g‘irlikni sodir etishda kassa apparatlari bilan ishlaydigan kompyuterlarni buzish uchun fishing va ijtimoiy muhandislikdan foydalanishgan. Birinchi bosqichda virus turli kompaniyalarning savdo nuqtalaridagi kompyuteriga elektron pochta orqali yuborilgan. Firibgarlar AQShning qimmatbaho  qog‘ozlari va birjalari bo‘yicha Komissiyasi hamda turli mehmonxonalarning xatini niqob qilib ish ko‘rishgan.

O‘QING:Xakerlar Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi (AYoQSh)da to‘lov tizimini izdan chiqardi

Ba’zi holatlarda ular FDA oziq-ovqat xavfsizligi Markazi xabarlari ostida  zararli xatlardan ham foydalanishgan. Xat matni taxminan shunday bo‘lgan: «Ushbu hujjatda sizning restoraningizda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tekshiruvlarning  to‘liq ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin bo‘ladi».

Hibsga olingan jinoyatchilarning ismi-sharifi ham ma’lum — Dmitriy Fedorov, Fedor Xladira va Andrey Kolpakov. Ular jinoiy til biriktirganlik, firibgarlik, kompyuterlarni buzib kirish va shaxsiy ma’lumotlarni atay o‘g‘irlash kabi ayblovlar bilan so‘roq qilinmoqda. Darvoqe, jinoyatchilarning har birini alohida alohida, yana turli mamlakatlarda qo‘lga tushirishgan. Biri Germaniyada, ikkinchisi Polshada va uchinchisi Ispaniyada yashirinib yurgan ekan.

O‘QING:Android foydalanuvchilari ehtiyot bo‘ling, pulingizni o‘g‘irlashadi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!