150 dollarlik Redmi 6 Pro smartfonini sifatli rasmiy suratlarda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  11823
  •  21.06.2018 12:44

150 dollarlik Redmi 6 Pro smartfonini sifatli rasmiy suratlarda ko‘ramiz!

Xiaomi kompaniyasi shu yilning 12 iyunida hamyonbop Redmi 6 hamda Redmi 6A smartfonlarini namoyish etgan edi. Mazkur turkumdagi uchinchi modelni korporatsiya yashirgan esa-da, insayderlar uni oshkor qilishgan.

Kuni kecha esa, Redmi 6 Pro rusumli mazkur yangi modelning taqdimot sanasini Xiaomi korporatsiyasining o‘zi e’lon qildi. Rasmiy posterda ko‘rsatilishicha, bu smartfon 25 iyunda, Xiaomi Mi Pad 4 plansheti bilan birga ommaga namoyish qilinadi.

O‘QING: RASMAN: Xiaomi tez kunlarda yana ikkita mobil qurilmasini namoyish etadi!

Bu orada esa internetga Redmi 6 Pro’ning sifatli olingan rasmiy suratlari ham tarqatildi. Ularga qaraganda, xaridorlarga bu smartfon kamida besh xil rangdagi korpuslarda taqdim etiladi.

Demak, Xiaomi Redmi 6 Pro smartfonidan olishni xohlovchilar uning Rose Gold, Sand Gold, Lake Blue, Black va Flame Red ranglaridan istalgan birini tanlashlari mumkin bo‘ladi.

So‘nggi tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Redmi 6 Pro asosiy kamerasi 12 + 5 megapikselli modullarni o‘z ichiga olgan. Orasidagi fotochaqnoq bilan birga bitta blokka birlashgan bu kamera smartfon orqa qopqog‘ining yuqori chap burchagiga qo‘ndirilgan. Orqa panelning o‘rtasida esa barmoq izi sensoriga ko‘zimiz tushadi.

O‘QING: Xiaomi ko‘rsatmagan Redmi 6 Pro’ning yoqiq holdagi suratlari ko‘p narsani fosh etdi

Xiaomi Redmi 6 Pro ekrani diagonaliga 5,84 dyuymni tashkil etishi aytilmoqda. Unga yakka kristalli Qualcomm Snapdragon 625 protsessori o‘rnatiladi, akkumulyatorining tok sig‘imi esa 4000 mA/soatga teng. Smartfon tezkor xotirasi hajmi 2, 3 va 4 gigabaytlik, doimiy flesh-xotirasi esa 16, 32 hamda 64 gigabaytlik talqinlarda chiqariladi.

Va eng qizig‘i – ekranning tepasida Pixel 3 uslubida ixcham «kemtik»li, orqa paneli esa iPhone X dizaynida bo‘lgan ushbu smartfonga atigi 150 AQSh dollari atrofida narx belgilanishini aytishmoqda.

Xiaomi’ning allaqachon bozorga chiqarilgan ko‘plab smartfonlari esa yurtimizda ham rasman sotilmoqda. Jumladan, o‘zimizning «Terashop.uz» onlayn do‘konimizdan ularni naqd pulsiz to‘lov usullari orqali ham olishingiz mumkin.

O‘QING: 820 000 so‘mdan boshlangan Xiaomi smartfonlari narxlari (2018 yil 11 iyun) – Terashop.uz’dagi xaridingiz O‘zbekiston bo‘yicha yetkazib beriladi!