16-avgust kuni Redmi K20 bilan bog‘liq qandaydir voqea yuz beradi...

16-avgust kuni Redmi K20 bilan bog‘liq qandaydir voqea yuz beradi...

Xiaomi kompaniyasining ichki brendi Redmi may oyida taqdim qilgan K20 seriyasi smartfonlari juda ham ommalashgandi. Ulardan K20 Pro devaysi Redmi brendining eng birinchi haqiqiy flagmani bo‘lgan.

Xiaomi 16-avgust sanasida mana shu oila smartfonlariga oid qandaydir voqea o‘tkazmoqchi. Redmi'dagilar bu voqea haqida o‘zlarining Xitoy ijtimoiy tarmoqlari kanallarida ishora bermoqda, biroq bu ochiqlanishlar orasida voqea sanasidan boshqa deyarli hech qanday ma’lumot keltirilmayapti. Ochiqlangan rasmlarda boks qo‘lqoplari tasvirlangan. Xuddi mana shu qo‘lqoplardan ilgariroq K20 reklamalarida ham foydalanilgani uchun insayderlar ushbu voqea K20 oilasiga oid bo‘lishini taxmin qilmoqda.

Rasmdagi "K.O." harflari ham e’tiborga molik. Ular ham K20'ni marketing qilishda qo‘llanilgan bo‘lib, smartfon boshqa barcha "flagman qotillari"ni nokaut qilishini ifodalagan. Yana bir jihatga e’tibor qaratish kerak: ko‘rsatilgan sanada qanday yangilik bo‘lmasin, bu Singapurda asos solingan ONE Champion sport media tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan bo‘ladi. Ushbu kompaniya jang san’ati, Muay-tay, kikboks, boks kabi sport turlariga ixtisoslashgan. Mana shulardan kelib chiqib, ochiqlangan ushbu ma’lumot K20 lineykasiga oid ekanligi asosli ravishda taxmin qilinmoqda. Biroq bu nima bo‘lishi mumkin? Balkim qurilmaning yangi talqinidir?

May oyining oxirida K20 Pro'ning 12 GB tezkor xotirali versiyasini Xitoy bozorida sotish uchun TENAA'dan sertifikat olingan edi. Ehtimol, ushbu sanada mana shu qurilmaning rasmiy taqdimot marosimi bo‘lib o‘tar. Bu masalaga oydinlik kiritilishi uchun yana bir necha kun kutishimizga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: Realme oktyabr oxiriga qadar to‘rtta kamerali uchta smartfon taqdim etadi