200MP kamera, xo'sh, nima qilibdi?

200MP kamera, xo'sh, nima qilibdi?

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi o'tgan yilning sentabrida smartfonlar uchun o'zining dunyodagi eng birinchi 200MP kamerasini taqdim qilgan edi. Bugun esa kompaniya uning nimalarga qodir ekanligini ko'rsatadigan videoni o'z rasmiy sahifasiga joyladi.

HP1 sensori tasvirlarni qanchalik aniq detallar bilan olishini ko'rsatib berilgan ushbu videoda Samsung injinerlari sensorni maxsus test qurilmaga qo'shimcha linza bilan o'rnatgan holda mushukni suratga olishgan. Fotograflar tomonidan optimallashtirilganidan keyin, rasm 2.3 metr uzunlikdagi qismlar bilan printer yordamida chiqarilgan va bir-biriga tikib chiqilgan. Natijada hosil bo'lgan 28x22 metr o'lchamdagi surat shahardagi katta binolarning biriga ilib qo'yilgan.

Samsung'ning ushbu 200 million pikselli kamera sensori bugungacha hech qaysi smartfonda debyut qilib ulgurmadi. Biroq bu iyul oyiga kelib o'zgarishi mumkin, chunki Motorola kompaniyasi tez orada o'zining ana shunday katta sensorga ega smartfonini chiqarishni rejalashtirmoqda.

O'QING: Leica kameralariga ega bo‘lgan Xiaomi smartfonining jonli suratlari e’lon qilindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!