2017 yilning eng yaxshi sotilayotgan smartfonlari: jihat va narx

2017 yilning eng yaxshi sotilayotgan smartfonlari: jihat va narx

Jahon smartfon bozorida ayni paytda raqobat qizg‘in davom etmoqda. Jumladan, so‘nggi taqdim etilayotgan har bir gadjet muhim xususiyati bilan ajralib turibdi. Jumladan, bir necha kun avval namoyish qilingan HTC U11, Huawei’ning qo‘sh kamerali mobil telefonlari, LG’ning rom va hoshiyasiz ekranli smartfonlari, Sony’ning 4K displeyli telefoni, so‘nggi — alvon rangli iPhone, Google imkoniyatlari jamlangan Pixel hamda Samsung’ning jozibador S8 devaysi o‘ziga xosdir. Quyida ayni paytda smartfon bozorining eng peshqadam “aqlli telefon”larini e’lon qilamiz.

  1. Apple iPhone 7 Plus Product Red

Apple 21 mart kuni iPhone 7 va iPhone 7 Plus smartfonining «RED Special Edition» nomli qizil rangli maxsus modellarini taqdim qilgan edi. Uning faqatgina 128 GB va 256 GB doimiy xotira talqinlari ishlab chiqarilmoqda va 749-996 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilgan.

Toshkent shahridagi “Malika” maishiy texnika savdo majmuasida  128 gigaybayt doimiy ichki xotiraga ega iPhone 7 $925, 256 GB xotirali iPhone 7 smartfoni esa 1015 AQSh dollaridan savdoga chiqarilgan. Epchil «diler»lar ayfonning yuqori talqini bo‘lgan iPhone 7 Plus’ning 128 gigabaytli talqini uchun 1125, 256 GB talqinli 7 Plus uchun 1225 AQSh dollari so‘rashmoqda. 4.7 dyuymli iPhone 7 Apple A10 protsessori, 2 GB tezkor xotira (iPhone 7 Plus’da 3 GB), IP67 sertifikatiga ega, ya’ni korpusi suv va chang ta’siriga chidamli.

2017 yil 23 may holatida «Malika» savdo markazida iPhone 7 Plus 6,115,000 so‘mdan boshlab sotilmoqda.

Ayfon xarid qilish istagida bo‘lsangiz: iPhone’larning kredit bo‘yicha narxlari (2017 yil 25 may)

Apple iPhone 7 Plus’ning imkoniyatlari bilan batafsil tanishing.

 

  1. Huawei P10 Plus

Huawei P10 Plus flagmanining ekran diagonali 5,5 dyuym, sig‘imi — Quad HD. Smartfon ekrani 2,5D turidagi qayrilma Corning Gorilla Glass 5 himoya shishasi bilan qoplangan. Ekran quyisidagi bosh tugmada barmoq izlari skaneri mavjud.

Bosh kamera modullaridan biri rangli, ikkinchisi oq-qora suratga oladi. Ulardan biri 12 boshqasi 20 megapikselli.  Kamera optik barqarorlashtirish, 4 karrali gibrid avtofokus, 2 karrali gibrid zum funksiyalariga ega.

Flagmanning metall korpusi «giper olmos» qoplamasiga ega. Ishlab chiqaruvchining aytishicha, bu qoplama barmoq izlari va tirnalishlarga chidamli.

Yana bir muhim jihati korpu chang va suvning ta’siridan himoyalangan.

P10 Plus’dagi 3750 mA soat tok sig‘imiga ega akkmulyator unga 2-2,5 kun ishlashi uchun yetadi.

Huawei P10 Plus’ning eng arzon talqini, ya’ni 4/64 GB versiyasi 699 yevrodan sotilmoqda.

 

 

  1. Samsung Galaxy S8

Galaxy S8’ning 5,8 dyuymli romsiz va tugmadan xoli dizayndagi displeyi Super AMOLED matritsasida ishlaydi va uning piksellar sig‘imi 1440x2960 belgiga teng, ya’ni 4K.

Samsung Galaxy S8 Qualcomm Snapdragon 835 yoki Exynos 8895 chipida ishlaydi. Bu protsessorlar 8 yadroli bo‘lib, ishlash tezligi 10 nanometrli texnik jarayonni tashkil etadi.

Galaxy S8 devaysi 64 GB doimiy xotira bilan ta’minlangan. Operativ xotira sig‘imi esa 4 gigabaytni tashkil qiladi.

Old kamera 8 megapikselli, orqa kamera — 12 MP. Dual Pixel texnologiyasi yorug‘lik past joyda va kichik ob’yektlarni sifatli suratga olishda yordam beradi.

IP68 standartiga ega smartfon korpusi suv hamda changni ichkariga o‘tkazmaydi.

Galaxy S8’da Samsung o‘zining ilk ovozli yordamchisi bo‘lgan Bixby’ni tatbiq qildi. Uni chaqirish uchun korpus o‘ng biqinidagi maxsus tugmachani bosish kerak.

Samsung Galaxy S8 xalqaro bozorga 970 AQSh dollari bahosida chiqarilishi kutilgan edi. 2017 yilning may holatida smartfon “Malika”da 5.7 million so‘mdan sotilmoqda.

Samsung Galaxy S8 to‘g‘risida batafsil bilib oling.

 

  1. Google Pixel XL

2016 yilning 4 oktyabrida Google kompaniyasi San-Fransisko  shahrida o‘zining ilk smartfonlari — Pixel va Pixel XL modellarini namoyish qilgan edi.

Pixel XL modeli 5,5 dyuymli Quad HD sig‘imli displey bilan ta’minlangan. Unga 2016 yilning eng yaxshi — Qualcomm Snapdragon 821 protsessori o‘rnatilgan. Devaysdagi tezkor xotira sig‘imi — 4 GB.

Pixel seriyasidagi qurilmalar sozlangan Google Assistant tizimiga ega ilk smartfonlar hisoblanadi.

Pixel XL smartfonlaridagi kamera (12,3 MPli Sony IMX378 sensori) DxOMark resursida 89 ball yig‘ib, iPhone 7 singari (iPhone 7’ga esa 86 ball qo‘yilgan) ilg‘or qurilmalarni ortda qoldirgan.

Pixel XL smartfonlari virtual reallikka mo‘ljallangan Daydream platformasini qo‘llab quvvatlaydi.

Pixel XL’ning 32 GB talqini  $769, 128 GB talqini $869 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilgan.

 

  1. OnePlus 3T

Xitoyning OnePlus kompaniyasi 2016 yilning iyunida taqdim qilgan OnePlus 3 ko‘pchilikning e’tiborini qozongach, u noyabr oyida «OnePlus 3T» nomi bilan yanada takomillashgan versiyasida sotuvga chiqarildi.

Uning 5.5 dyuymli, Full HD displeyi Optic AMOLED matritsasida ishlaydi, Gorilla Glass 4 himoya shishasi bilan qoplangan.

Gadjetga 2016 yilning ilg‘or Snapdragon 821 protsessori o‘rnatilgan. Devays 6 Gb operativ, 64/128 Gb doimiy xotira bilan ta’minlangan. 2017 yilning 1 iyun kuni smartfonning birinchilardan bo‘lib eng so‘nggi – Android O tizimiga ega bo‘lishi ma’lum qilindi.

OnePlus 3T’ga 16 Mp bosh (Sony IMX298 datchigi), 16 Mp old (Samsung 3P8SP) kameralar o‘rnatilgan.

Gadjet 3400 mA soat sig‘imli, 30 minutda to‘liq quvvat oladigan akkumulyatordan kuch oladi.

Shu kunlarda bu smartfon ishlab chiqarilmayapti va unga talab esa yuqori. OnePlus 3T Toshkent shahrida 450 AQSh dollaridan sotilmoqda.

OnePlus 3T smartfoni to‘g‘risida batafsil bilib oling

 

 

  1. LG G6

LG G6 5,7 dyuymli, QHD+ (1440 x 2880 pikselli) sig‘imli FullVision displeyga, 120 gradus burchak ostida surat oluvchi 13 megapikselli 2 ta ob’yektivdan iborat bosh kameraga, 2016 yilning ilg‘or Qualcomm Snapdragon 821 protsessori, 4 GB operativ hamda 32 yoki 64 GB doimiy xotira, 2 TBgacha ma’lumot sig‘imiga ega xotira fleshkasini o‘qiydigan microSD bo‘lmachasi va simsiz quvvatlanadigan 3300 mA soat akkumulyatorga ega.

Smartfonning yana bir ilg‘or jihati — u  Google Pixel «aqqli telefoni»dan so‘ng Google Assistant tizimiga ega jahondagi ikkinchi smartfon bo‘ldi.

Metall korpus chang va suv ta’siriga bardoshli.

LG G6 birinchi bo‘lib Yevropa bozoriga 749 yevro bahosida savdoga chiqarilgan edi.

 

  1. Sony Xperia XZ Premium

2017 yilning fevralida o‘tkazilgan MWC 2017 anjumanida taqdim etilgan Sony Xperia XZ Premium 19 megapikselli Motion Eye kamera texnologiyasi bilan jahonda yagona. Misol uchun, bu texnologiya idishdan to‘kilgan suvning tomchilarini ham aniq-tiniq muhrlay oladi.

Gadjetning boshqa o‘ziga xos jihatlari: Qualcomm Snapdragon 835 kuchli protsessori, 4 gigabaytli tezkor 64 GB doimiy xotira, suv va chang kirmaydigan alyuminiy korpus, 2,900 mA soat sig‘imli akkumulyator, Android 7 Nougat operatsion tizimi, microSD—256 Gb.gacha.

Bu bosh sensor professional kamera kabi sekundiga 960 ta kadrni muhrlashga qodir. f/2.0 standartidagi optik pribor o‘rnatilgan kamerada giroskop, fazani «aqlli» aniqlash, lazerli avtofokus, svetodiodli fotochaqnoq, sifatni tekshirish kabi funksiyalar mavjud. Old kamera uchun 13 megapikselli keng burchakda surat oladigan sensor tanlangan.

Mobil aloqa vositasi bugun — 1 iyundan boshlab Yevropada 840 AQSh dollaridan boshlab sotuvga chiqadi.

Uning kamerasida olingan suratlarga baho bering.

 

  1. HTC U11

16 may kuni Tayvanning HTC texnologiyalar kompaniyasi o‘zining U11 flagman smartfonini jamoatchilik e’tiboriga havola qildi.

Telefon apparati sezgir romlari, ilg‘or stereo-ovoz uzatuvchi dinamiklari hamda shovqinni kamaytiruvchi tizimi bilan jahondagi boshqa flagmanlardan ajralib turadi.

5,5 dyuymli Quad HD (2560 x 1440 pikselli) displey, sig‘imi 3000 mA soat bo‘lgan akkumulyator, suv va changni ichkariga o‘tkazmaydigan korpus bilan ta’minlangan.

Platforma uchun 8 yadroli Snapdragon 835 protsessori, old kamera uchun 16 megapikselli kamera moduli, bosh kameraga 12 megapikselli, optik barqarorlashtirish funksiyasiga ega sensor tanlangan.

HTC U11 4 GB tezkor hamda 64 GB doimiy, shuningdek 6 gigabaytli tezkor va 128 GB.li doimiy xotiraga ega modifikatsiyalarda ishlab chiqariladi.

HTC U11 may oyidan muayyan hududlarda $650 dollardan sotilmoqda.

Agar siz kredit asosida smartfon sotib olish istagida bo‘lsangiz, Telegram’dagi @ghost_stranger profili yoki +998-97-773-44-12 telefon raqami orqali bizning menejerimizga murojaat etishingiz mumkin.