2017 yilning eng yaxshi "Samsung Galaxy"lari: xalqaro va mahalliy bozordagi narxlari!

2017 yilning eng yaxshi

Jahonning birinchi raqamli smartfon ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Samsung ilk "Galaxy S" smartfonlarini 2010 yil o‘rtalarida taqdim qilinganidan so‘ng tinib-tinchimadi. Birgina OLED-panelli displeylari yoki Dual Pixel kabi innovatsion kamera texnologiyalari, "nihoyasiz" Infinity Display kabi qayrilma va to‘liq ekranli gadjetlari bilan smartfon sanoati rivojining lokomotivi bo‘lib keldi.

Quyida Samsung'ning "Galaxy S" va "Galaxy J", "Galaxy A" va "Galaxy Note" seriyasida bu yil taqdim qilgan smartfonlarini bir yerga jam qildik.

Samsung Galaxy A3 ($ 260)

Bu smartfon "Galaxy A" turkumining eng arzon vakili. Uning korpusi metall va shisha uyg‘unligida tayyorlangan hamda IP68 standarti bo‘yicha suv va chang ta’siridan himoya qilingan. Akkumulyator sig‘imi kamtar bo‘lsa ham, quvvat masalasida unda muammo yo‘q — faol ishlatganda smartfon to‘liq quvvat bilan ish kuni davomida turib beradi. Ixcham Android‑smartfon izlab yurganlar uchun ayni muddao.

Texnik tavsif: 

Operatsion tizim: Android 7.0 + Clean UI

Protsessor: Exynos 7870 (1,6 GGs, 8 yadro)

Tezkor xotira: 2 GB

Doimiy xotira: 16 GB + microSD

Displey: 4,7", SuperAMOLED, 1280x720 pikselli

Kameralar: 13 Mp (F/1.9) + 8 Mp (F/1.9)

Akkumulyator: 2 350 mA soat

Modullar: BT 4.2, Wi‑Fi (a/b/g/n/ac), GPS, GLONASS, NFC

Barmoq izi skaneri: old panelda

USBporti: Type‑C

O‘lchamlari: 135,4x66,2x7,9 mm

Vazni: 138 gramm

21 oktyabr holatida «Malika»da Samsung Galaxy A3 (2017) 2 000 000 so‘mdan sotilmoqda.

 

Samsung Galaxy J7 ($315)

Avvalgi yil bilan solishtirganda, bu yilgi "Galaxy J7" seriyasi smartfoni har jihatdan o‘zgardi. Jumladan, endi metall rom va plastik uloqlar o‘rnida to‘liq metalli korpusni ko‘ramiz. Korpus IP54 standarti bo‘yicha chang va tomchi sachrashidan himoyalangan.

Smartfon qora, tilla rang hamda ko‘k rangli korpuslarda sotuvga chiqarilgan.

Samsung Galaxy J7 (2017) ma’lumotni 14 nanometrli texnik jarayonda qayta ishlaydigan 8 yadroli, chastota tezligi  1.6 GGs bo‘lgan Exynos 7870 protsessoriga ega bo‘lgan. Undagi tezkor xotira sig‘imi 3 GB.

Ekran hajmi — 5.5 dyuym, sig‘imi esa Full HD (1920x1080). Matritsaning SuperAMOLED ekani diqqatga sazovor. Qimmat flagmanlar kabi, unda ham Always On Display, ya’ni muntazam faol displey joriy qilingan.

Smartfon Android Nougat operatsion tizimining o‘zlashtirilgan talqinida ishlaydi. Devaysda barmoq izi skaneri, 2 ta SIM-karta hamda MicroSD (256 GB.gacha) xotira fleshkasi uchun alohida bo‘lmachalar mavjud. Bularning barchasi 3600 mA soat sig‘imli akkumulyatordan quvvat oladi.

21 oktyabr holatida «Malika»da Samsung Galaxy J7 (2017) 2 173 000 so‘mdan sotilmoqda.

 

Samsung Galaxy A5 ($330)

Samsung Galaxy A5 2017 — flagman bo‘lmasa ham, diqqatni tortadigan yaxshi smartfon. Apparat 5,2 dyuymli va Full HD sig‘imli (1920x1080 piksel) SuperAMOLED ekran bilan ta’minlangan. Devays Wi-Fi 2,4 va 5 GGs, ommalashgan aloqa tarmoqlari va NFC-modulni qo‘llab-quvvatlaydi.

Samsung Galaxy A5 2017 rasman e’lon qilinmagan bo‘lsa ham, uning 8 yadroli Samsung Exynos ekani va chastota tezligi 1,9 GGs.ga yetishi ma’lum.

Samsung Galaxy A5 2017'da tezkor xotira sig‘imi 3 Gb, doimiy xotira esa 32 Gb. Qo‘shimcha fleshka uchun MicroSD bo‘lmachasi mavjud. Smartfon Android 6 boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi.

Smartfonning o‘ziga xos jihatlari sifatida 16 MP sig‘imli bosh va old kamerani aytish mumkin. Ularning optik linzalari va F/1,9 standartli diafragmalari ham bir xil. Faqat kamera modullari turlicha bo‘lishi mumkin. Shu bois, optik barqarorlashtirish faqat bosh kameraga o‘rnatilgan.

Smartfon akkumulyatorining tok sig‘imi Samsung smartfonlari uchun yetarli — 3000 mA soat. Samsung Galaxy A5 2017 modelida A3'dan farqli ravishda, tezkor quvvat olish funksiyasi yo‘q.

21 oktyabr holatida «Malika»da Samsung Galaxy A5 (2017) 2 665 000 so‘mdan sotilmoqda.

 

Samsung Galaxy S8 va S8+ ($750)-($800)

Infinity Display dizayni, ilg‘or kamera va takomillashgan interfeys bilan Galaxy S8 -- eng yaxshi Android bo‘la oladi.

Diagonali 5,8 dyuym bo‘lgan ekran Super AMOLED matritsasida faoliyat ko‘rsatadi. Undagi piksellar sig‘imi 18,5:9 nisbatli tomonlarga ega ekran uchun noodatiy: 2960×1440 belgiga teng.

Quvvat tejashda nom qozongan Qualcomm Snapdragon 835 protsessoriga ega Galaxy S8 faqatgina AQShda sotiladi. Galaxy S8’ning xalqaro talqinida 10 nanometrli Samsung Exynos 8895 protsessoridan foydalanilgan.

Smartfonda 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira mavjud. Shu bilan birga, microSD qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi ham mavjud. Bu bo‘lmacha gibrid:  unga yoki 2 ta sim-karta yoki 1 ta sim-karta va 1 ta fleshka qo‘yishga to‘g‘ri keladi.

Galaxy S8 flagmani Android 7.0 operatsion tizimining an’anaviy Samsung Experience interfeysida faoliyat ko‘rsatadi.

Old kamera 8 megapikselli, orqa kamera — 12 MP. Dual Pixel texnologiyasi yorug‘lik past joyda va kichik ob’yektlarni sifatli suratga olishda yordam beradi.

Galaxy S8’da "quvvat toshi" sig‘imi 3000 mA soat. Muhimi uning sig‘imi emas. Balki smartfonning quvvatni qanday ishlatishida.

S8 + talqinda esa ekran yanada kattaroq va akkumulyator S8'ga nisbatan quvvatdor.

21 oktyabr holatida «Malika»da Samsung Galaxy S8 5 166 000 so‘m va S8+ 5 904 000 so‘mdan sotilmoqda.

 

Samsung Galaxy Note 8 ($930)

Samsung Galaxy Note 8 diagonali 6,3 dyuymli Infinity Display dizaynidagi, Galaxy S8 kabi 18.5:9 hajmli, Super AMOLED matritsali  Quad HD+ (2960 x 1440 belgi) piksel sig‘imli ekranga ega bo‘lgan.

Smartfon dizaynini Galaxy S8 flagmanidan olgan: "nihoyasiz"  displey yon romlaridan xoli, shuningdek old panel yuqori va quyi qismlari juda yupqa hoshiya-romlariga ega bo‘lgan. Orqa panel — qayrilma shisha uslubida yaratilgan.

Samsung Galaxy Note 8 korpusi IP68 standarti bo‘yicha himoyalangan. Ya’ni uning uchun chang va suv qo‘rqinchli emas. Fablet 1,5 metr suv tubida 30 daqiqa jon saqlay oladi.

Fabletga  Samsung'ning 8 yadroli Exynos 8895 protsessori, 6 GB tezkor va 64 gigabaytli doimiy xotira o‘rnatilgan. Protsessorning 4 yadrosining chastota tezligi 2,3 GGs, iolgan 4 yadroniki 1,7 GGs.

Fabletning akkumulyator sig‘imi 3300 mA soat. Smartfon o‘lchamlari: 162,2x74,8x8,5 mm., vazni -- 190 gramm.

Galaxy Note8 Android 7.1 operatsion tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi.

21 oktyabr holatida «Malika»da Samsung Galaxy Note 8 smartfoni 7 257 000 so‘mdan sotilmoqda.

 

Samsung Galaxy S7 ($485)

O‘tgan yilgi flagman texnik jihatlariga ko‘ra hanuz ilg‘or va narxi o‘rta narxli smartfonlarnikiga teng. Uni xarid qilsangiz, naq 3 ta "Benjamin"ni tejab qolasiz. Yorqin displeyli va 5,1 dyuymli (sig‘imi – 2560 × 1440, har dyuymda 577 ta belgi!!!) Galaxy S7 smartfoni dizayni avvalgi modeldan uncha farqlanmaydi: faqatgina barmoqlar izlari datchigi orqa kamera bo‘rtig‘i kabi yapasqiroq ishlangan. Smartfon IP68 standarti bo‘yicha himoyalangan.

Galaxy S7’da tatbiq qilingan eng ilg‘or texnologiyalardan biri —  yorqin suratlar olish qobiliyatidir. Bosh kamera sig‘imi 12 megapikselli. Old kamera – 5 megapikselli.

Samsung’ning Galaxy S7 smartfonining akkumulyatorini ham simsiz quvvatlash mumkin.

Galaxy S7’da 4 GB tezkor va 32, 64 GB doimiy xotira mavjud, microSD qo‘shimcha xotira qurilmasi gadjetning xotirasini 200 GB.gacha oshirish imkonini beradi. Gadjetga Wi-Fi, Bluetooth 4,1 kabi ilg‘or simsiz interfeyslar tatbiq qilingan.

Samsung Galaxy S7 samaradorligi uchun 8 yadroli, yilning eng yaxshi protsessorlaridan bo‘lgan Qualcomm Snapdragon 820 mas’ul.

Devaysdagi akkumulyator sig‘imi 3000 mA soat.

21 oktyabr holatida «Malika»da Samsung Galaxy S7 (31 Gb) smartfoni 2 500 000 so‘mdan sotilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!