2018 yilning eng zo‘r Android-plansheti bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  2325
  •  19.02.2018 09:33

2018 yilning eng zo‘r Android-plansheti bilan tanishing!

O‘tgan yilgi MWC 2017 anjumanida kuchli texnik ta’minotga ega, ammo batareyasi zaifroq bo‘lgan Galaxy Tab S3 plansheti taqdim etilgan edi. Samsung o‘shanda kompaniyasi dunyodagi eng yupqa planshetlardan birini tayyorlashga ahd qilgani ko‘rinib turardi, lekin bu qurilmaning narxi o‘ta baland bo‘lib chiqdi.

O‘QING: Samsung Galaxy Tab S3’ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Lekin Galaxy Tab S4 modelini tayyorlayotganida Samsung hamma narsaga o‘zgacha yondashgan, aks holda u bozorda Apple iPad Pro (2017) bilan raqobatga kirisha olmasdi.

Xullas, kecha GFXBench benchmarkida SM-T825 model raqami ostida Galaxy Tab S4 plansheti testdan o‘tkazilgan. Ushbu gadjet MWC 2018 ko‘rgazmasi doirasida rasman namoyish etilishi kutilayotir.

Benchmarkda saqlanib qolgan ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung Galaxy Tab S4 plansheti diagonaliga 10,5 dyuymlik Super AMOLED-ekran bilan jihozlangan. uning tasvir uzatish aniqligi esa QHD+ formatida, ya’ni 2560x1600 pikselli.

O‘QING: Google’ning «orzu plansheti»ni tomosha qilamiz

Yangi devaysning «elektron yuragi» – 2,45 GGs takt chastotasida ishlovchi 8 yadroli Snapdragon 835 protsessori. Mazkur chip Adreno 530 grafik tezlatgichi hamda 4 gigabayt hajmli tezkor xotira bilan hamkorlikda planshetning ishlash samaradorligini ta’minlab beradi. Qurilmaning ichki flesh-xotirasi hajmi esa 64 gigabaytga teng.

Galaxy Tab S4 plansheti 12 megapikselli asosiy va 7 megapikselli old kameralar bilan ta’minlangan, u Android 8.0 Oreo operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlaydi. Gadjetga bitta SIM-karta sloti, Wi-Fi 802.11ac hamda Bluetooth 5.0 LE simsiz aloqa modullari ham o‘rnatilgan.

O‘QING: Android 8.0 Oreo'ga yangilanadigan Samsung smartfonlari bitta ro‘yxatda!

AKG kompaniyasi taqdim etgan stereodinamiklar hamda S Pen stilusi va organik displey bu planshetga yanada o‘zgachalik baxsh etgan. Shuningdek, unga maxsus klaviatura ham ulash imkoni mavjud.

Yuqoridagi xususiyatlariga hamda hozirda planshetlar bozori biroz susayib qolganiga qaraganda, Samsung Galaxy Tab S4 joriy yilning eng yaxshi Android-plansheti bo‘la oladi. Agar boshqa biror kompaniya undan ham zo‘rini ishlab chiqarmasa, albatta. Zero, hozirgi smartfonsozlardan, ayniqsa xitoylik ishlab chiqaruvchilardan har narsani kutsa bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi yangi avlod plansheti ustida ishlamoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.