23 iyuldagi taqdimoti bilan Huawei yana bitta «inqilob» qilmoqchi!

  •   DiMaX
  •  987
  •  21.07.2018 11:56

23 iyuldagi taqdimoti bilan Huawei yana bitta «inqilob» qilmoqchi!

Xitoylik texnogigant smartfonlar bozorida «inqilobiy» va «cho‘chituvchi» ishlanmalari bilan keyingi yarim yillik muddat ichida o‘zini ko‘rsatib ulgurdi. Dastlab GPU Turbo texnologiyasi, keyin Honor 10 smartfoni – shular sharofati bilan ham Huawei mahsulotlari savdosi yaxshi ketmoqda.

O‘QING: Huawei 2018 yilning yarmigacha 100 millionta smartfon sotdi

Dunyoning uchinchi raqamli smartfonsozi kelayotgan dushanba – 23 iyuldayoq yana bitta inqilobiy mahsulotining taqdimotini o‘tkazmoqchi. Huawei bu haqda Honor brendining Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy akkaunti orqali ma’lum qildi.

Navbatdagi «inqilob» haqida umuman hech narsa ma’lum emas, faqat uning «sun’iy ong» bilan bog‘liq ekanligi aytilgan. Huawei kecha – 20 iyul kuni e’lon qilgan reklamada insoniyatning Oy yuzasiga ilk bor qo‘nishiga ishora qilingan. Ta’kidlash kerakki, 1969 yilning aynan shu sanasida «Apollon-11» kosmik kemasining maxsus moduli ilk bor Yer yo‘ldoshining sathiga tushirilgan.

Huawei reklamasidagi Oy tasviriga «1 second faster than Humans» («Odamzoddan 1 soniyaga tezkorroq») shiori tushirilgan. Aftidan, bu yerda Huawei’ning yangi smartfonlaridagi «sun’iy idrok» tizimining imkoniyatlari haqida gap ketyapti.

Aytib o‘tish o‘rinliki, xitoylik texnogigant o‘zining sun’iy idrok» tizimiga ega Kirin 970 imkoniyatlarini odamzod miyasi bilan tenglasha olishini ta’kidlab keladi.

O‘QING: Huawei maqtandi: «Bu sizga smartfon emas!» (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!