50 ming megabaytgacha hajmli «Super Oy» internet-to‘plamlarini qarshi oling!

  •   DiMaX
  •  3012
  •  11.11.2020 14:10

50 ming megabaytgacha hajmli «Super Oy» internet-to‘plamlarini qarshi oling!

Kuni kecha yurtimizdagi uyali aloqa operatorlaridan biri cheksiz internetgacha taklif etuvchi to‘rtta yangi tarif rejasi chiqargan edi. Endi esa Beeline Uzbekistan brendi yangi internet-to‘plamlar turkumini e’lon qildi.

O‘QING: Operatordan har kuni bonuslarga ega bo‘ling!

Ushbu internet-to‘plamlar «Super Oy» deb nomlangan bo‘lib, ularga ulanish shartlari «Yangi Oy» paketlari bilan bir xil. To‘plamlarning amal qilish muddati 30 kunga teng.

«Super Oy» turkumida 1000 megabaytlikdan to 50 ming megabaytlikkacha hajmdagi yetti xil to‘plam mavjud. Narxlari ham shunga yarasha – 20 ming so‘mdan 200 ming so‘mgacha boradi.

Ushbu internet-to‘plamlar haqida batafsil ma’lumot olish uchun mazkur havola orqali «Bilayn» rasmiy saytidagi tegishli sahifaga o‘tasiz.

O‘QING: Operatorlarimiz reytingida jiddiy o‘zgarish: endi kimda qancha abonent bor? (+infografik video)