52 ta kompaniyaning IT-Park rezidenti maqomi bekor qilindi (to‘liq ro‘yxat)
416 ta IT-Park rezidentlaridan 52 ta IT-kompaniyalar shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganliklari uchun, ya’ni auditorlik xulosasini taqdim etmaganliklari va Nizom talablarini buzganligi tufayli doimiy rezident maqomidan mahrum etildi. Bu haqda IT-Park ma’lumot ma’lumotiga tayanib Gazeta.uz yozmoqda.
O‘QING: Bir million dasturchi qanday tayyorlanadi?
«IT-Park rezidenti maqomiga ega IT-kompaniyalar soni kundan kunga ortmoqda. Ammo turli sabablar tufayli ushbu maqomni yo‘qotayotganlar va shunga ko‘ra, soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqidan mahrum bo‘layotgan IT-Park rezidentlari ham mavjud. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 iyuldagi 589-sonli qaroriga muvofiq, Nizom talablarini buzgan yuridik shaxslarga nisbatan soliq idoralari imtiyozlarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga to‘lash majburiyatlarini tiklash bilan bekor qilish choralarini qo‘llaydilar», ― deyiladi bayonotda.
Quyidagi kompaniyalarning IT-Park rezidenti maqomi bekor qilindi:
- MChJ QX «XT Xarid Texnologiyalari» – Toshkent shahri
- MChJ QX «Bercut It Solution» – Toshkent shahri
- MChJ «Madetec-Solution» – Toshkent shahri
- MChJ «Game Zale» – Toshkent shahri
- MChJ «Alp Jahon Himoya» – Toshkent shahri
- MChJ «Adora Hilol» – Andijon viloyati
- MChJ «Kumush Servis Media» – Jizzax viloyati
- MChJ «Bookingstan» – Toshkent shahri
- MChJ «Sapphire Promotion Group» – Toshkent shahri
- MChJ «Any Mobile» – Toshkent shahri
- MChJ «International Software» – Farg‘ona viloyati
- MChJ «Online Service Platform» – Toshkent shahri
- XK «Thank You Servis» – Toshkent shahri
- MChJ «Ideal Soft» – Xorazm viloyati
- MChJ «Startlab» – Toshkent shahri
- MChJ «Quick Study» – Toshkent shahri
- MChJ «Algebra» – Toshkent shahri
- MChJ «Merade» – Toshkent shahri
- MChJ «Valiant Original Comfort» – Qashqadaryo viloyati
- MChJ «TNH Sarmoya» – Toshkent shahri
- MChJ «Activemedia Solutions» – Toshkent shahri
- MChJ «Alphabet IT Group» – Toshkent shahri
- MChJ «Sof» – Toshkent shahri
- MChJ «Universal Test Sinovlari» – Toshkent shahri
- XK «Lighting» – Farg‘ona viloyati
- MChJ «New General Consulting» – Toshkent shahri
- MChJ «Global Technologies» – Toshkent shahri
- MChJ «Abutech» – Farg‘ona viloyati
- MChJ «Ace Craft Engine» – Toshkent shahri
- MChJ «Center of Enginering Technologies» – Toshkent shahri
- MChJ «Developing Web Studio» – Toshkent shahri
- MChJ «For each Soft» – Qashqadaryo viloyati
- MChJ «Global Innovation Center» – Toshkent shahri
- MChJ «Hello World» – Toshkent shahri
- MChJ «Interintellect» – Toshkent shahri
- MChJ «Kakadu Pay System» – Xorazm viloyati
- XK «Livewithcode» – Samarqand viloyati
- MChJ «Max IT» – Toshkent shahri
- OK «MironSoft» – Toshkent shahri
- MChJ «Mnemonik Adult» – Toshkent shahri
- XK «Mobile First» – Toshkent shahri
- MChJ «Multimedia MarkazI» – Toshkent shahri
- MChJ «Nanovation» – Toshkent shahri
- MChJ «ONDO» – Sirdaryo viloyati
- XK «PCM Software» – Toshkent shahri
- MChJ «Pragmatik Solutions» – Toshkent shahri
- XK «Rococo Group» – Toshkent shahri
- MChJ «Tetrasoft Servis» – Toshkent shahri
- MChJ «Tyajpromavtomatika» – Toshkent shahri
- MChJ QH «Whirl» – Toshkent shahri
- MChJ «Blockchain Systems Technology» – Toshkent shahri
- «Integro-Solutions» MChJ – Toshkent shahri
O‘QING: Yurtimizda ilk raqamli bankka litsenziya berildi!
Aytib o‘tish kerakki, IT-Park rezidentlari uchun quyidagi vazifalar belgilangan:
- Faqat axborot texnologiyalari sohasida faoliyat turlarini amalga oshirish;
- IT-Park Direksiyasiga har chorakda faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish;
- Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining yillik auditini o‘tkazish va auditorlik xulosasining bir nusxasini Direksiyaga yuborish;
- IT-Park rezidentining Direksiya bilan ishlash shartlari to‘g‘risidagi Shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish.
IT-Park rezidenti maqomidan mahrum qilingan 52 ta IT-kompaniya to‘g‘risidagi ma’lumotlar imtiyozlarni bekor qilish choralarini ko‘rish maqsadida soliq organlariga yuborildi. Shuningdek, soliq idoralariga IT-Park rezidentlarining yagona reyestriga kiritilgan, ammo turli sabablarga ko‘ra endi faol rezident bo‘lmagan 63 ta IT-kompaniya to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham yuborildi.
«Qonunga muvofiq IT-Park rezidenti maqomida bo‘lish bir kun bo‘lsa ham kompaniyaning auditorlik tekshiruvini o‘tkazish va imtiyozlardan foydalanish yoki foydalanmaslik to‘g‘risida xulosa berish majburiyatini keltirib chiqaradi», ― deyiladi bayonotda.
O‘QING: Uyali aloqa kompaniyalari 1 noyabrdan yangicha yashay boshlaydilar