5G-smartfonlarini qaysi kompaniyalar chiqarishi ma’lum bo‘ldi

  •   Saroy
  •  921
  •  23.10.2018 12:49

5G-smartfonlarini qaysi kompaniyalar chiqarishi ma’lum bo‘ldi

Qualcomm kompaniyasi  4G/5G Summit tadbiri  ishtirokchilariga Snapdragon X50 protsessorining  5G-modemini ishlatadigan  hamkor kompaniyalar ro‘yxatini e’lon qildi.  Beshinchi avlodni tarmoqlarga tarqatish 2019 yilda boshlanadi. Shunday ekan, birinchi smartfonning  yaqin orada chiqishini kutmasa ham bo‘ladi.

Qualcomm kompaniyasining hamkorlari ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi.  Xiaomi, Asus, Sony, OnePlus, LG, Nokia, HTC, Motorola, Oppo, Vivo va Sharp. Yana unga ZTE, Lenovo va  Meizu ham qo‘shildi. Demak, ushbu kompaniyalardan kelasi yili 5G bilan bog‘liq anonslarni kutib qolsak arziydi.

O‘QING: Qualcomm yangi chiplarni namoyish qildi: endi Wi-Fi tezligi soniyasiga 10 gigabitga yetadi

Snapdragon X50 modemi 5G’ni qo‘llab quvvatlaydigan birinchi protsessor bo‘ldi. U  28 nanometrli texprotsessorda qurilgan bo‘lib, tezligini soniyasiga 5 Gbgacha oshira oladi, deb ma’lum qiladi Gizchina nashri.

Umuman olganda, tijorat maqsadida  dunyoda ilk 5G tarmog‘i  Verizon kompaniyasi tomonidan  yaqinda AQShning ayrim shtatlarida rasman ishga tushirilgan edi.  Biroq ular umumqabul qilingan 5G NR standartidan foydalanmay, o‘zinikini ishlatmoqda. Shu bois, ushbu ishga tushirilgan 5G tarmog‘ini unchalik ham “halol” deb bo‘lmaydi, deyilmoqda mazkur xabarda.

O‘QING: Qualcomm o‘rta toifadagi smartfonlar uchun kuchli protsessor yaratdi