6 iyunda Nokia o‘z «Ari»sini ko‘rsatadi!

  •   DiMaX
  •  1297
  •  31.05.2019 10:33

6 iyunda Nokia o‘z «Ari»sini ko‘rsatadi!

HMD Global kompaniyasi joriy yilning 6 iyun kuni Hindisotnda bo‘lib o‘tadigan tadbiriga taklif etmoqda. Unda qaysidir rusumdagi smartfonning global taqdimoti bo‘lishi kutilmoqda.

O‘QING: Nokia’ning yangi smartfoni FCC’da «qo‘lga tushdi»: sig‘imdor akkumulyator va «toza» Android!

Nokiapoweruser nashriga ko‘ra, ushbu marosimda kodli nomi Nokia Wasp bo‘lgan smartfon namoyish qilinadi. AQShning Aloqa federal komissiyasi (FCC) ma’lumotlar bazasida u yaqinda TA-1191 model raqami ostida ro‘yxatdan o‘tgan.

Ta’kidlash kerakki, HMD Global yaqinda o‘z qurilmalarini Marvel superqahramonlari nomlari bilan atay boshlagan. Ulardan biri inglizchada «Wasp» deb nomlanadi, bu esa «Ari» deganidir. 6 iyunda taqdim etilishi kutilayotgan mazkur smartfon bozorga Nokia 2.2 modeli sifatida chiqarilsa kerak.

Hozirgacha ma’lum bo‘lgani shuki, Nokia 2.2 korpusining o‘lchami 145,96x70,56 millimetrni, tezkor/doimiy xotiralari hajmi esa 3/32 gigabaytni tashkil etadi. Bu boradagi yangiliklardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lish uchun Terabayt.uz’ni kuzatishda davom eting.

O‘QING: Ana bo‘lmasam! Nokia 9 PureView’ni saqich qog‘ozi bilan buzib kirishdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!