85 000 ta LEGO kubigi ketdi: muxlis Apple Park kampusining kichraytirilgan nusxasini yasadi

  •   Saroy
  •  368
  •  06.10.2018 13:49

85 000 ta  LEGO kubigi ketdi: muxlis Apple Park kampusining  kichraytirilgan nusxasini yasadi

Bir vaqtlar Stiv Jobs tomonidan rejalashtirilgan Apple Park  qarorgohi qurilishiga 8 yil ketdi va 5 milliard dollar sarflandi.  

O‘zini  Spencer_R deb tanishtirgan tashabbuskor ushbu ulkan loyihadan ilhomlanib  Apple’ning yangi boshpanasining kichraytirilgan nusxasini  LEGO kubiklari bilan yaratdi. Bu ish uning ikki yildan ko‘p vaqtini oldi.

Muallif avvaldan eng mashhur osmonupar binolarning  LEGO-versiyasini yasash bilan shug‘ullanib keladi. 2014 yilda Apple qarorgohining dronda olingan suratini ko‘radi va darhol navbatdagi ijod uchun mos nomzodni topganini tushinadi.

O‘QING:Apple asoschilaridan birining loyihasi amalga oshmaydigan ko‘rinadi

Model 1:650 hajmida bajarilgan va kampusning barcha hududini o‘z ichiga olgan. Kichraytirilgan modelda, jumladan aylana shakldagi ofis, Stiva Djobs teatri, ma’muriy bino,  Glendenning Barn 1916 tarixiy ombori, ko‘l va bog‘ aks etgan. Ushbu konstruksiyaga 85 000 ta shakl ishlatildi. Shuningdek, Spencer_R erinmay kampus hududiga 1647 ta daraxt ham “ekib” chiqdi.  Apple Park’ning LEGO-versiyasi razmeri 209x138 santimetr, konstruksiyaning og‘irligi  35 kilogramm chiqadi.

O‘QING:Apple’ning taqdimotda hech kim payqamay qolgan yangi gadjetini tomosha qiling! (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!