9 ta Xiaomi smartfoni MIUI 13 operatsion tizimiga o‘tishga tayyor

9 ta Xiaomi smartfoni MIUI 13 operatsion tizimiga o‘tishga tayyor

Xiaomi bosh direktori Ley Jun MIUI tizimining navbatdagi versiyasi smartfonlarga shu yilning oxirigacha jo‘natilishi haqida ma’lumot bergan edi. 

Kecha esa yangi MIUI 13 tizimiga o‘tuvchi birinchi smartfonlar ro‘yxati aniq bo‘ldi. 

Ushbu smartfonlar ro‘yxati MIUI 13'ning manba ko‘didan olingan bo‘lib, ro‘yxatdan Mi Mix 4, Mi 11, Mi 11 Pro, Mi 11 Ultra, Mi 11 Lite, Mi 10S, Redmi K40, K40 Pro hamda K40 Pro+ smartfonlari o‘rin olgan. 

Qolgan smartfonlar, ehtimol, kelasi yildan yangi tizimga o‘tishni boshlaydi. 

O‘QING: Chizmalar Xiaomi 12 Ultra qanday dizaynda bo‘lishini ko‘rsatib berdi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!