Abituriyentlar uchun qulaylik: mahalliy va xorijiy universitetlar onlayn uchrashuviga marhamat!
Joriy yilning 15-20 iyun kunlari bitiruvchilar uchun O‘zbekiston va xorijiy eng nufuzli universitetlar vakillari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazilmoqda. Mazkur loyiha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTga ixtisoslashgan maktab «Raqamli Avlod O‘zbekiston» (Digital Generation Uzbekistan) jamoasi bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda, deb yozadi AKT vazirligi.
O‘QING: Inha universitetiga kirish imtihonlari ilk bor onlayn rejimida o‘tkaziladi
Onlayn suhbatda ishtirok etayotgan oliygohlar qatorida quyidagilar mavjud:
- Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
- Janubiy Koreyadagi INHA Univesiteti;
- Toshkent shahridagi INHA Universiteti;
- Toshkent shahridagi Amiti Universiteti;
- Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti;
- Toshkent shahridagi Vebster Universiteti.
Onlayn uchrashuv Raqamli Avlod O‘zbekiston (Digital Generation Uzbekistan) jamoasining rasmiy YouTube-kanalida jonli efirga uzatiladi. Bunda bitiruvchi va barcha qiziquvchilar universitetlar vakillaridan o‘zlarini qiziqtirayotgan savollariga batafsil javob olishlari mumkin.
«Raqamli Avlod O‘zbekiston» jamoasining YouTube’dagi rasmiy kanaliga ushbu havola orqali o‘tiladi.
O‘QING: Toshkentda texnologiya yo‘nalishidagi yana bir xorijiy universitet filiali ochiladi