"Abituriyent ruxsatnomasi"ni onlayn yuklab olganlar soni 515 000 dan oshdi!

https://ruxsatnoma.dtm.uz/ orqali imtihonga kirish ruxsatnomasini yuklab olgan abituriyentlar soni 500 mingdan oshdi. Bu haqda DTMning Telegram'dagi rasmiy sahifasi xabar berib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz: o‘zlari ruxsatnoma chiqarib olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan abituriyentlar kunduzgi ta’lim shakli uchun bugundan boshlab 26 iyulgacha quyidagi muassasalarga murojaat etgan holda ruxsatnomalarini olishlari mumkin:
- Davlat xizmatlari markazlari;
- Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari;
- Bandlikka ko‘maklashish markazlari.

Sirtqi va kechki ta’lim shakllari uchun esa 27-29 iyul kunlari murojaat etishlari mumkin.
Ushbu muassasalar xodimlari tomonidan “Abituriyent ruxsatnomasi” abituriyentlarga bepul chop etib beriladi.

"Abituriyent ruxsatnomasi"ni qanday olish mumkinligi bo‘yicha mana bu yerda tanishishingiz mumkin.

O‘QING: «O‘zbektelekom» internet tezligini ikki barobargacha oshiryapti!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.