Acer Nitro 5 – olti yadroli Coffee Lake-H protsessoriga ega ilk o‘yinbop noutbuk takdim etildi

  •   DiMaX
  •  1367
  •  03.04.2018 18:19

Acer Nitro 5 – olti yadroli Coffee Lake-H protsessoriga ega ilk o‘yinbop noutbuk takdim etildi

Intel kompaniyasi o‘zining sakkizinchi avlod – olti yadroli, Coffee Lake-H arxitekturali protsessorlarini yaqindagina rasman namoyish etgan edi. Acer kompaniyasi esa ushbu – sakkizinchi avlod Core i7 hamda Core i7+ protsessori bazasidagi ilk geymer-noutbukni namoyish qildi.

O‘QING: Eng ishonchli noutbuksozlar reytingi e’lon qilindi

Acer Nitro 5 rusumli o‘yinbop yangi laptop Coffee Lake-H arxitekturali sakkizinchi avlod Intel protsessorlariga ega. Uning ekrani diagonaliga 15,6 dyuymni tashkil etadi.

Ommabop noutbuksozning Acer Nitro 5 modeli narxi 749 AQSh dollaridan boshlanadi, ushbu qurilma may oyidan savdoga chiqariladi. Bu narx evaziga taklif etiladigan laptop Full HD-displeyga, olti yadroli Intel Core i5-8300H protsessoriga, NVIDIA GeForce GTX 1050 grafikasiga, 8 gigabaytlik tezkor xotiraga hamda 1 terabayt hajmli vinchesterga ega.

Shu narxga yana 100 dollar qo‘shsangiz, bu noutbukning NVIDIA GeForce GTX 1050 TI grafikali hamda vinchester o‘rniga 256 gigabaytlik SSD saqlagichli variantini olishingiz mumkin.

Acer kelajakda ushbu turkumda yanada ilg‘or noutbuklar taqdim etishni rejalashtirgan.

O‘QING: Xiaomi'ning o‘yin-noutbuki navbatdagi "hit" bo‘ladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!