Adblock real hayotda: reklamalarni bloklaydigan ko‘zoynak yaratildi

  •   Saroy
  •  237
  •  10.10.2018 13:09

Adblock real hayotda: reklamalarni bloklaydigan ko‘zoynak yaratildi

Odamlar hamma joyda jonga teguvchi reklamalarga duch kelishadi: ko‘chada, kinoda, transportda, hatto uy yo‘lagida ham. Ayrim vaqtlarda bunga chidab bo‘lmay qoladi. IRL Glasses startapi asoschisilari endi bunga nuqta qo‘ymoqchi.   «Bundan buyon chidab bo‘lmaydi», deydi ular va muammoning yechimi sifatida maxsus ko‘zoynakni taklif etmoqdalar. Ko‘zoynak real hayotda reklamalarni bloklaydi.

Adblock-ko‘zoynak g‘oyasi reklama roliklaridan va ko‘chadagi reklama taxtalaridan bezori chiqib ketgan odamlarga bir olam zavq-shavq baxsh etmoqda. Loyiha  Kickstarter’da to‘planishi ko‘zda tutilgan 25 000 dollardan ham ikki barobar ko‘p mablag‘ yig‘a oldi,  ya’ni 66 000 dollar  to‘plandi. Umuman olganda, ko‘zoynakning ishlashi juda oddiy va u gorizontal polyarizatsiya effektiga asoslangan. Uni taqib olgan kishi olamga xuddi shishasi qoraytirilgan oddiy ko‘zoynakda qaragandek qaraydi, reklama aks etgan ekran o‘rniga shunchaki bir dog‘ni ko‘radi.

O‘QING:Lumzag – aqlli ryukzak: hamma buyum aqlli bo‘lib boryapti, navbat sumkaga

Ayni damda IRL Glasses dastlabki testdan o‘tkazilmoqda. Texnologiyada hozircha foydalanish mumkin bo‘lgan sohalar cheklangan.  Ixtirochilarning yozishicha, ularning ko‘zoynagi reklamalarni televizor ekranlaridan muvaffaqiyat bilan “yo‘qota” oladi, ammo barcha PK va kompyuterlar uchun ham ishlayvermaydi, masalan  smartfonlarda reklamaga qarshi kurashish foydasiz. Shuningdek IRL Glasses svetodiodli OLED va  AMOLED-displeyiga ham kuchi yetmaydi, hozirda esa aksincha, aksariyat reklama roliklari ushbu displeyda qilinmoqda.

Startap asoschilarining umid qilishicha, 2019 yil  aprelga qadar superko‘zoynakning foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirib, jonga  teguvchi reklama roliklari bilan kurashish uchun to‘laqonli mahsulot chiqara oladilar. Ayni paytda esa IRL Glasses’ning beta-versiyasini  49 dollarga sotib olsa bo‘ladi.

O‘QING:5 yulduzli Amazon Echo audiotizimlar oilasi “aqlli gadjet”lar bilan boyidi

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!