Afsonaning qaytishi: bepul Pokemon Quest o‘yini dunyoni zabt etishga tayyor! (+video)

  •   DiMaX
  •  1589
  •  30.05.2018 17:09

Afsonaning qaytishi: bepul Pokemon Quest o‘yini dunyoni zabt etishga tayyor! (+video)

Nintendo kompaniyasi tomonidan yaratilgan Pokémon GO o‘yini butun dunyoda mashhur bo‘lgan edi. Yer yuzida yuz millionlab geymerlar unga boshi bilan sho‘ng‘ishdi, jumladan, yurtimizda ham bu o‘yin keng tarqaldi.

O‘QING: Pokemon Go o‘yini O‘zbekistonda ham rasman taqdim etildi

Ammo 2017 yilning boshidayoq uning ommabopligi tezda pasaya boshladi, hozirga kelib esa uni ko‘pchilik eslamay ham qo‘ydi. Shu kunlarda ma’lum bo‘lishicha, smartfonlar uchun bepul yangi Pokemon o‘yini tez orada taqdim etiladi.

Nintendo kompangiyasiga qarashli Pokémon Company o‘yin studiyasi o‘tkazgan matbuot anjumanida Pokémon Quest nomli yangi videoo‘yinni namoyish etishdi. Bu ilovani keyingi oydayoq smartfonlarga hamda Switch o‘yin pristavkalariga yuklab olish mumkin bo‘ladi. Faqat hudud bo‘yicha cheklovlar bo‘lishi mumkin – bularga o‘yinning rasmiy taqdimotida aniqlik kiritilsa kerak.

O‘QING: Barchaning aql-hushini o‘g‘irlagan Pokemon GO qanaqa o‘yin?

Pokémon Quest o‘yinida geymerlarni pokemonlar olamida to‘laqonli RPG-ekshn kutayotir. Unda o‘yinchilardan ko‘plab turli topshiriqlarni bajarish talab etiladi: jangchilar uchun baza (lager) qurish va jihozlash, xazinalar izlash, maxluqlar bilan kurashish va hokazo. Lagerga yangi pokemonlarni jalb etish va bu bilan o‘z «qo‘shin»i safini kengaytirish mumkin bo‘ladi.

Yana ta’kidlanishicha, geymer endi jang paytida o‘yin personajlarini boshqara olmaydilar. Pokemon o‘zlari dushmanlarga hamla qilishadi, o‘yinchidan esa kerakli lahzada tegishli tugmachani bosish talab etiladi, xolos.

Mana, Pokémon Quest o‘yiniga bag‘ishlab tayyorlangan videolavhani birga ko‘ramiz:

Smartfonlar uchun taqdim etiladigan yangicha Pokemon videoo‘yini bepul bo‘ladi, ammo uning ichida xaridlar – «donat»lar bo‘lishini aytishmoqda. Ularning narxi 4,99 dan to 17,99 AQSh dollarigacha bo‘lishi mumkin.

Xullasi kalom, mobil o‘yinlar ishqibozlari Pokémon Quest o‘yiniga tayyor tursalar arziydi. Uning taqdimotigacha esa joriy yilning eng yaxshi o‘yinlari bilan tanishing, yuklab oling va zavqini toting...

O‘QING: Google Play Awards 2018: yilning eng zo‘r o‘yin va ilovalari taqdirlandi