Afsonaviy smartfonsoz endi «aqlli» televizor ham ishlab chiqaradi!

  •   DiMaX
  •  873
  •  07.11.2019 13:06

Afsonaviy smartfonsoz endi «aqlli» televizor ham ishlab chiqaradi!

Hindistondagi Flipkart internet-savdo maydonchasi Nokia kompaniyasi bilan yangi shartnoma tuzganligini e’lon qildi. Endi mazkur afsonaviy brend ostida Smart TV – «aqlli» televizorlar ishlab chiqariladi.

O‘QING: Xiaomi beshinchi avlod – Mi TV 5 televizorlarini namoyish etdi

Nokia uchun ushbu «aqlli» televizorlar bu yo‘nalishdagi ilk tajriba hisoblanadi. Mahsulotning ishlab chiqarilishi va tarqatilishi bilan Flipkart’ning o‘zi shug‘ullanadi. Mazkur kompaniya bungacha Motorola savdo belgisi ostida Smart TV chiqarib kelgan.

Kutilayotgan smart-televizorlarning texnik xarakteristikalari haqida hozircha kam narsa ma’lum. Ularda yuksak sifatli audiotexnika mahsulotlari bilan tanilgan JBL firmasining akustikasi qo‘llanadi.

Nokia ilk Smart TV’larini shu yilning oxirigacha chiqarishi kutilmoqda, ammo ularning narxi hozircha noma’lum. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa 1 155 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda turli televizorlarni sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Atigi 142 dollarga 40 dyuymlik televizor chiqdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!