Afsonaviy turkumning yangi o‘yininini butunlay bepul olib qo‘yishga ulguring! (+video)

  •   DiMaX
  •  897
  •  22.06.2020 11:55

Afsonaviy turkumning yangi o‘yininini butunlay bepul olib qo‘yishga ulguring! (+video)

Ubisoft kompaniyasi hozirda asosan Assassin’s Creed hamda Tom Clancy’s o‘yinlarining turli qismlarini ishlab chiqmoqda. Lekin fransiyalik ushbu o‘yinsoz bir paytlar Rayman turkumi bilan mashhur bo‘lgan.

O‘QING: Superqahramonlar fayting-o‘yinini 25 iyungacha PS4, Xbox hamda kompyuterga butunlay va bepul olib qo‘ying (+video)

Hozirda ko‘pchilikning esidan ham chiqib ketgan, yangi avlod geymerlar uncha bilmaydigan Rayman turkumining navbatdagi o‘yini chiqdi. Lekin uni Ubisoft emas, balki bir havaskor dasturchi tayyorlab, butkul bepul taqdim etdi!

O‘yinning yangi talqini Rayman Redemption deb nomlangan va Reyman ismli yigitcha sarguzashtlari haqidagi birinchi qismga o‘xshab ketadi. Biroq o‘yinsoz bu mahsulotini yangi kontent bilan boyitgan: unda yangicha olamlar, oldin mavjud bo‘lmagan bosqichlar va ichida yana turli mini-o‘yinlar bor.

Loyiha muallifi – Ryemanni uning ustida naq uch yil ishlagan va geymerlarning ilk xulosalariga ko‘ra, yaxshi chiqqan. Rayman Redemption o‘yinini mana bu havola orqali butunlay bepul yuklab olish mumkin. Lekin shoshilganingiz ma’qul, chunki Ubisoft o‘yinsozni ko‘chirmakashlikda ayblab, bu o‘yinni oldirib tashlashi mumkin.

O‘QING: Indiana Jons izidan: bu sarguzasht o‘yinni 25 iyungacha olib qo‘yib, bir umr bepul o‘ynang!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.