AirPods "kushandasi" -- MEIZU simsiz audio-quloqchinni taqdim etdi

AirPods

MEIZU kompaniyasi tomonidan brendning ilk to‘liq simsiz Bluetooth-garniturasi -- MEIZU POP aksessuari taqdim qilindi. Undan sport bilan shug‘ullanayotganda yoki sayohat davomida bemalol foydalanish mumkin. Garnitura ixcham va o‘ziga xos ilg‘or keysdan joy oladi va shu idishda quvvatlanadi ham.

MEIZU POP garniturasi IPX5 standarti bo‘yicha himoyalangan. Unga ko‘ra bu devays chang va yomg‘irdan qo‘rqmaydi. Ularning har birining vazni bor-yo‘g‘i 5,8 gramm. Audio quloqchindagi sensor panel ularni boshqarishga ham yordam beradi. Unga bir marta bossangiz – musiqa jarang sochsa, shundan so‘ng ovozni o‘zgartirish, qo‘ng‘iroqni amalga oshirish yoki ovozli boshqaruv tizimini ishga tushirish mumkin.

Audio quloqchinlarda Hi-Fi dinamik diafragma texnologiyasi joriy qilingan. Ulardagi diametri 6 mm bo‘lgan grafen moddasi quyi chastotalarni ham kengaytirish imkonini beradi, shuningdek uch chastotali ovozning barqarorligini ta’minlaydi.

Quvvatlashga mo‘ljallangan ixcham keys gadjetlarni USB Type-C orqali quvvatlash imkonini beradi. U aksariyat simsiz quvvatlash qurilmalari bilan ham ishlashi mumkin. 85 mA soat tok sig‘imiga ega akkumulyator bilan ta’minlangan garniturani to‘liq quvvatlash uchun 3 soat kerak bo‘ladi. Keysdagi 700 mA soat tok sig‘imiga ega akkumulyator bilan qo‘shib hisoblaganda, to‘liq quvvat quloqchinlarga 15 soat ishlash imkonini beradi.

Meizu Pop gadjetining bozorda bundayn ikki yil avval, ya’ni 2016 yilda Apple tomonidan taqdim qilingan AirPods quloqchinlariga qarshi kurashishi aytilmoqda. Yangi garnitura serhasham dizayni, ergonomik konstruksiyasi, qulay idishchasi bilan o‘ziga xos va raqibidan qolishmaydi.

Quloqchinlarning elektr impedansi 16 Om, elektr quvvati – 5 mVt; chastota diapazoni 20 dan 20000 Gs gacha bo‘lgan diapazon oralig‘ida, ulanish uchun Bluetooth 4.2 protokoli zarur. Gadjetlarda tashqi mikrofon ham mavjud.

MEIZU POP kechaning o‘zidayoq jahonning ko‘plab mamlakatlarida sotuvga chiqarildi. Uni 128 AQSh dollaridan xarid qilish mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.