Ajralish bo‘lmaydi: XKS atrofidagi mojarolar

  •   Saroy
  •  953
  •  22.09.2018 15:56

Ajralish bo‘lmaydi: XKS atrofidagi mojarolar

«Koinot mojaro»si oqibatlari qanday bo‘ladi?

Matbuotda Xalqaro koinot stansiyada germetizatsiyasi ochilib ketishi amerikalik astronavtlarning ishi, degan xabarlar paydo bo‘ldi. Bu xabar o‘z navbatida stansiyada xamkorlikda ish olib borish istiqboli bilan bog‘liq bahs-munozarlar oloviga  moy qo‘ydi, Xush, xamkorlikka barham berilsa uning oqibati qanday bo‘ladi. Bu borada ekspertlar nima deydi? Quyida shu haqda.

XKS (Xalqaro koinot stansiyasi) atamasi yo‘q joydan paydo bo‘lgani yo‘q. Haqiqatan ham u 14 ta davlatning olib borgan jiddiy sa’y-harakatlari natijasida amalga oshgan loyiha hisoblanadi. Bular: AQSh, Rossiya, Yaponiya, Kanada hamda Yevropa koinot agentligi a’zolari Belgiya, Germaniya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Fransiya, Shveysariya, Shvetsiya davlatlari.

O‘QING:NASA istasangiz sizga koinotda selfi qilish imkonini beradi

Ayti paytda Xalqaro koinot stansiyasi insoniyat qo‘li bilan yaratilgan eng murakkab va eng qimmat ob’yekt hisoblanadi.

Gap bu yerda ob’yektning o‘lchamida ham emas, uning uzunligi atigi 109 metr ya’ni istalgan zamonaviy fregatdan kichik.

Muhimi 400 kilometr balandlikda parvoz qilayotgan stansiyada kosmonavtlarning  xavfsiz yashashi va ishlashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bu esa oson ish emas. Orbitada joylashgan barcha ob’yektlar yetarli tezikka ega bo‘lishi lozim, bo‘lmasa tushib ketadi. Qo‘pol qilib aytganda, stansiya har doim yerga qulayman deydi, lekin o‘ziing ulkan tezligi bois yerga kelab tushmay, atrofidan o‘tib ketadi. Afsuski, 1000 kilometr balandlikda garchi, juda kuchsiz bo‘lsa-da,  yer atmosferasining ta’siri majud. Stansiya ga urilayotgan gaz zarralari, asta sekin uning tezligini pasaytiradi.

O‘QING:125 milliard dollarlik loyiha: sayyohlar koinotga liftda olib chiqiladi

Shu bois vaqti-vaqti bilan stansiyani ko‘tarib ko‘tarib turishga to‘g‘ri keladi. “Ko‘tarish” bu yerda so‘zi unchalik ham to‘g‘ri kelmaydi.  Stansiyani dvigatellar yordamida unga tutashtirilgan koinot kemasining tezligini oshiradi, bu esa o‘z navbatida orbita balandligini oshiradi.

Shuni tushinmoq lozimki, stansiya hayot, u ishlayapti, hozir unda fazogirlar harakatlanmoqda. Uni to‘xtatib bo‘lmaydi. 

Ziyofat kimning hisobidan

Xalqaro kosmik stansiyaning faoliyatini ta’minlab turish juda qimmatga tushadi. Shu bois uning yagona byudjeti yo‘q. Bu esa har bir davlatning qo‘shayotgan mablag‘ ulushini aniq hisoblash qiyin ekanligidan dalolat beradi. Buning ustiga, davlatlar qo‘shayotgan mablag‘larning katta qismi naqd pul shaklida ajratilmaydi, balki kosmik kemaga ko‘rsatilayotgan xizmatlari, uskunalarni almashtirish va boshqa shunga o‘xshash ishlar bilan ham amalga oshiriladi. Ammo har bir davlatning taxminiy xarajatini hisoblab chiqish mumkin.

XKS’ga xizmat ko‘rsatishning  yillik xarajati  6 milliard dollarni tashkil etadi.

O‘QING:Koinot shaxtyorlari: AQShda yangi kasb paydo bo‘lmoqda

Asosiy xarajat yuki AQSh yelkasiga tushadi. 2017 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, XKSning faoliyatini ta’minlab turish  va foydalanish dasturiga  NASA byudjetidan  4 milliard dollarga yaqin mablag‘ sarf qilingan. Shu bilan birga XKS’ning joriy foydalanish ishlariga ajratilgan mablag‘ning katta qismi sarflangan. Bular: stansiyaning modullari va boshqa uskunalarini qurish, o‘rnatish, yangilash kabi yumushlar, shuningdek uchiriladigan kosmik kemalarni yaratish va uning ekipajini tayyorlash kabi ishlar. Chunki u yerda fazogirlar almashinib turadi, buning uchun yangi kosmik kemalar parvozini amalga oshirib turish kerak.

Yevropa kosmik assotsiatsiyasi (EKA)ning harajati ancha oz, ya’ni yiliga milliard dollarni ham tashkil etmaydi. Yaponlar va kanadaliklar ushbu loyihaga qo‘shayotgan hissasi pul ko‘rinishada yevropaliklarnikidan ham oz. Ularning asosiy xizmati shuki, asosan ko‘p funksiyali eksperimental «Kibo» modulini hamda stansiyaning asosiy manipulyatori – robotlashtirilgan qo‘l Canadarm’ni yaratishdan iborat.

Ushbu “umumiy qozonda”gi Rossiyaning ulushi ham dollar ko‘rinishida juda katta. Hatto 2016 yil federal kosmik dasturlar qisqartirilgandan keyin ham, XKS faoliyatini ta’minlab turish, parvozni boshqarib turishga va ilmiy eksperiment dasturlari uchun Rossiya Federatsiyasi buyudjetidan ajratilgan mablag‘lar hajmi 252,1 milliard rublni tashkil etgan. Bu o‘n yilga mo‘ljallangani.

Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, Rossiya har yili yarim milliard dollar sarflaydi.

Bu ishning yana bir murakkab tomoni shundaki, Rossiya o‘zining hisob-kitoblarini rublda olib boradi va  dollarga chaqadi. Qarabsizki, uning qo‘shayotgan ulushi borgan sari kamayib boradi, lekin ish hajmi avvalgidek qolaveradi.

O‘QING:Hindistondan uchirilgan Singapur sun’iy yo‘ldoshlari orbitaga muvaffaqiyatli chiqarildi

Yana shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki,  2011 yildan boshlab, ya’ni Space Shuttle dasturi yopilgandan keyin ham Rossiya hamon uchirilayotgan kosmik kemalarining yagona operatori bo‘lib qolmoqda. «Soyuz» kosmik kemalarisiz orbital stansiyadan foydalanish amalda mumkin emas va bu shunchaki quruq gaplar ham emas.  NASA hali ham uchiraladigan kosmik kemani qabul qila olgani yo‘q, garchi ushbu jarayonni tezlashtirishga harakat qilayotgan bo‘lsa-da.

Darvoqe,  Rossiya tomoni amerikalik fazogirlarni orbitaga olib chiqqani evaziga olayotgan mablag‘i anchagina. Masalan, «Roskosmos»ning orbitaga olti marta “kosmik parvozi” uchun olgan   oxirgi transhi 491 million dollarni tashkil qilgan (har bir astronavt uchun  81,9 yarim million dollar). Bu esa Rossiyaning federal kosmik dasturiga ajratilayotgan yillik harajatning uchdan birini tashkil etadi (2016 uchun),  bu 104 milliard rubldir.

Ya’ni «kosmik tashuvchi» vazifasi, Rossiya Federatsiyasi  kosmik byudjetining jiddiy qismini tashkil etadi.

Endi shunday vaziyatni tasavvur qiling,  XKS ishtirokchilari orasidan “ola mushuk” o‘tdi. Qandaydir ko‘rinmas sabablarga ko‘ra, tomonlar hamkorlik qilmaydigan bo‘lishdi va kosmik mulkni taqsimlashga tayyor bo‘lib turishibdi. Xo‘sh, shunday qilsa bo‘ladi?

O‘QING:AQSh harbiy sun’iy yo‘ldoshlari tizimini havaskor xakerlar ham buza oladi

Buning ustiga, vaqti vaqti bilan u yoki bu tomondan Xalqaro kosmik stansiyadan qanday foydalanish borasida turli takliflar ilgari surilib kelinadi. Masalan, biri stansiyaning  Rossiyaga qarashli qismini tijorat kompaniyaga topshirishni taklif qilsa, boshqasi stansiyani kosmik mehmonxonaga aylantirish g‘oyasini ilgari suradi.  AQSh prezidenti Donald Tramp esa orbital stansiyani xususiylashtir, XKS’ni “tijorat asosida xususiy korxonaga” aylantirish taklifini o‘rtaga tashladi.

Stansiyani bo‘lish va uni qismlarga ajratib turli orbitallarga tarqatib yuborsa bo‘ladimi? Afsuski buni hatto texnik nuqtai nazardan olib qaraganda ham amalga oshirib bo‘lmaydi.

Stansiya tarkibida uning texnik faoliyatini ta’minlab turgan noyob modullar bor. Masalan stansiyaning ish faoliyatini ta’minlash uchun talab qilinadigan elektr quvvatini ishlab chiqarish stansiyaning amerikaliklar ixtiyorida bo‘lgan segmentida amalga oshiriladi. Rossiyaga qarashli bo‘lgan qismda  esa boshqarish uchun, ya’ni  mo‘ljalni olish uchun javob beradigan modul mavjud. Stansiyani ma’lum bir balandlikda ushlab turish uchun aynan Rossiyaning dvigatelidan foydalanilmoqda.

Ayni paytda  MKS’ni qandaydir tarzda taqsimlab olishning imkoni yo‘q. Yana shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, XKS faoliyatini ta’minlab turish uchun qilinayotgan sarf xarajatlar har qanday tijorat kompaniya uchun ham og‘irlik qilishi turgan gap, hatto u juda yirik kompaniya bo‘lgan taqdirda ham. Hozirda ushbu ulkan mablag‘ bir nechta davlatlar o‘rtasida bo‘lingan va ushbu loyiha hatto davlat byudjetiga ham jiddiy yuk bo‘lmoqda.

Xullas, ahvol shuki, ayni paytda ushbu stansiya  haqiqiy ma’noda yagona xalqaro stansiya  hisoblanadi va birorta davlat o‘zi alohida uning faoliyatini olib borishga qurbi yetmaydi.  Shu bois, hozircha hamkorlik qilishdan boshqa yo‘l yo‘q va murosa yo‘lini tanlb, koinotdagi vazifalarni hamkorlikda hal etib borish lozim.  Shu vaqtgacha bu vazifa Rosiya, Amerika va qolgan ishtirokchi davlatlar tomonidan birgalikda a’lo darajada hal etib kelindi. Demak stansiya  atrofida yuzaga kelgan  bahs-munozaralar kosmik hamkorlikka to‘siq bo‘la olmasligi kerak.

O‘QING:22 dekabr – birinchi Afrika sun’iy yo‘ldoshi orbitaga uchirilgan kun

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.