AKT va innovatsiyalar bo‘yicha Tatariston bilan hamkorlik
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillaridan iborat delegatsiya Tataristonning Qozon shahriga tashrif buyurishdi. Joriy yilning 28 fevralidan 2 martiga qadar bo‘lib o‘tgan tashrif xususida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi sayti xabar bermoqda.
O‘QING: Innovatsion rivojlanish vazirligi nimalarni qoyillatdi? Hammasiga javob berdi!
Tashrif doirasida Tataristonning yetakchi AT-kompaniyalari, innovatsion «Startap-loyihalari» hamda texnologik parklari bilan istiqboldagi hamkorlik va sheriklik munosabatlari o‘rnatildi.
Hamkorlikdagi ishchi guruhi tomonidan Tatariston Axborotlashtirish va aloqa vazirligi bilan birgalikda yaqin vaqt ichida hamkorlikni jadallashtirish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyalar sohasidagi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni shakllantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Yo‘l xaritasi «startap-ekotizimlar», istiqbolli loyihalarni moliyalashtirishni venchurli mexanizmlarini joriy etish, AT-ta’limini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlarni nazarda tutadi.
«Innopolis» Innovatsiya parki va Qozon AT-Parkiga tashrif yakunlariga ko‘ra, hamkorlik to‘g‘risidagi tegishli kelishuvlar imzolandi.
O‘QING: Poytaxtimizda «Aqlli tarmoqlar» loyihasi taqdim etildi