Aldanganlar anchagina: firibgarlar Google Play’da Ethereum tokenini 388 dollardan taklif etmoqda

  •   Saroy
  •  1810
  •  23.08.2018 12:38

Aldanganlar anchagina: firibgarlar Google Play’da  Ethereum tokenini 388 dollardan taklif etmoqda

Google Play’ning Android-do‘konida go‘yo  Ethereum (ETH) kriptovalyutasini 335 yevrodan yoki 388 dollardan sotib olish imkonini beradigan zararli ilova borligi ma’lum bo‘ldi. Aslida, ushbu tokenlar kriptobirjalarda hozir 280 dollardan salgina qimmat turadi.

Nima bo‘lganda ham, ushbu ilovaning kriptovalyuta sotib olishga umuman dahli yo‘q, shunchaki firibgarlarning navbatdagi “sovg‘asi”, xalos. Ilovaning nomi xitoy tilida yozilgan bo‘lib  Google Translate orqali «oddiy Ethereum», deb o‘qiladi. Ushbu ilova «Google Commerce Ltd» deb nomlanuvchi kompaniya tomonidan yaratilgan bo‘lib, 2017 yil avgustda amalga oshirilgan so‘nggi yangilanishdan keyin o‘tgan davrda yuzdan ziyod marotaba yuklab olingan.

O‘QING:Sharpa treyderlar: firibgarlar pulingizni umarishning yangi usulini qo‘llamoqda

Eslatib o‘tamiz, 27 iyulda  Google kompaniyasi  Play Market’da kriptovalyuta sotib olish ilovasini ta’qiqlagan edi. Ammo, ushbu ta’qiqqa qaramay, do‘konda ko‘plab hozirda “noqonuniy” hisoblangan ilovalar qolmoqda, masalan JSEcoin kabi. Bu yog‘ini so‘rasangiz, Google’da kriptovalyuta reklamasi ham  ta’qiqlangan.

O‘QING:Stiv Voznyakning kriptovalyuta loyihasi barbod bo‘ldi

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!