Alibaba va WeChat’ni deb Xitoyda ko‘p odamlar naqd puldan foydalanishmayapdi. Hukumat esa bundan norozi!

Alibaba va WeChat’ni deb Xitoyda ko‘p odamlar naqd puldan foydalanishmayapdi. Hukumat esa bundan norozi!

Xitoyda elektron to‘lovlar shu darajada ommaviylashdiki, Xitoy do‘konlari endi naqd pul olishni xohlashmayapti. Xitoy Markaziy banki esa naqd pulni qabul qilishni rad etish noqonuniy deb ogohlantirgan. Bu haqda “reuters.com” nashri yozmoqda.

Tabiiyki, ushbu amaliyot elektron to‘lovlardan foydalanmaydiganlar uchun adolatsizlikdir. Sababi, elektron to‘lovlar rivojlanishi kunlik foydalaniladigan qog‘oz pulga bo‘lgan ishonchni yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin.

Xitoy Markaziy bankining e’tirozi, birinchi navbatda, Alibaba Group’ning Alipay elektron to‘lov tizimlari va Xitoyda tobora ommalashib borayotgan Tencent Holdings’ning WeChat’iga tegishlidir.

Xitoyda elektron to‘lovlar nafaqat internetda, balki jamoat transportida, chakana savdo do‘konlarida, kafelarda ham qabul qilinmoqda. Elektron pul aylanishining soddalashuvi ba’zi bir hududlarda, ayniqsa, Pekin va Shanxay kabi katta shaharlarda naqd pul aylanishining sustlashishiga sabab bo‘lmoqda.

O‘QING: Xitoy butun Yer yuzini bepul internet bilan ta’minlash uchun ilk sun’iy yo‘ldoshni uchirdi