Android 9 P operatsion tizim talqini umuman betakror! («jonli» video)

  •   DiMaX
  •  3866
  •  10.05.2018 10:39

Android 9 P operatsion tizim talqini umuman betakror! («jonli» video)

«Yashil robotchali» operatsion tizimning to‘qqizinchi – Android P talqini ikkinchi beta-versiyada taqdim etilgani haqida xabar berganmiz. Google bu gal mobil operatsion tizimini tubdan yangilashga jiddiy ahd qilgan ekan.

O‘QING: Android 9.0 P tizimli Google Pixel 3 flagmanini tomosha qilamiz!

Android P talqinida ishlab chiquvchilar juda ko‘p qulayliklar, yangiliklar joriy etishgan. Android Central nomli You-Tube-kanali ushbu tizim boshqaruvi ostidagi smartfonning ishlashini «jonli» videoda ko‘rsatib bergan.

Mana, uni birga tomosha qilamiz:

Android 9 P operatsion tizimining ommaviy foydalanishga topshirilish vaqti hozircha noma’lum. Ushbu ikkinchi beta-versiyani esa beta-testerlar sinab ko‘rishlari va uning kamchiliklari xususida Google’ga xabar berib, tizimning takomillashtirilishiga o‘z hissalarini qo‘shishlari mumkin. Faqat buning uchun tegishli modelga mansub smartfonga ega bo‘lish va tegishli dasturga qo‘shilish talab etiladi. Bular haqda esa quyidagi xabarimizda batafsil ma’lumot berganmiz.

O‘QING: Android P beta-versiyasi chiqdi. Qaysi smartfonlarga uni hoziroq o‘rnatish mumkin?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!