Android foydalanuvchilari uchun Google'dan ajoyib yangilik

Android foydalanuvchilari uchun Google'dan ajoyib yangilik

Ilovalar hajmi borgan sari kattalashib bormoqda, bu holat telefon xotirasi va mobil trafikning ortiqcha sarf bo‘lishiga olib kelmoqda. Bu muammoni Google'dagilar App Bundles bilan hal qilmoqchi.

O‘QING: Qidiruv tizimlari (Yandex, Google) ning qo‘shimcha funksiyalari

Ushbu tizim ilova yaratuvchisiga turli xil qurilma konfiguratsiyasi uchun mos keluvchi bir necha turdagi ilovalarni yaratishga imkon beradi. Shunday qilib, foydalanuvchi Play Store'dan telefoniga mos tushuvchi ilovani ko‘chirib oladi.

Shuningdek, Google «Ilovalarni o‘rnatishni optimallashtirish» funksiyasini ham ishga tushirmoqchi. Ushbu optimizatsiya dastur ochilganda uning qaysi qismi ishlashini o‘rganadi va bu ma’lumotlardan foydalangan holda ilovaning ishlash jarayonini yaxshilaydi. Ilova o‘rantishni optimallashtirish hali Play Store'da mavjud emas.

Foydalanuvchi biror dasturni ochganda, Google unga ilovani qaysi qismi ishlayotgani yoki qaysi qismi ishlamayotganini ko‘rsatadi. Masalan, Instagram ilovasini yuklaganingizda, dastlabki 10 daqiqani profilingizni sozlash va do‘stlaringizni topish uchun sarflaysiz. Agar bunda foydalanuvchilar soni ko‘p bo‘lsa, Play Store birinchi navbatda ushbu qismni yuklab oladi. Ilovaning qolgan qismlari esa qachon ulardan foydalanganingizda yuklab olinadi.

Ilovaning bir qismi ishlagani uchun bu usul operativ xotiraga ortiqcha yuk tushishining oldini oladi va gadjetning barqaror ishlashini ta’minlaydi.

Optimizatsiya funksiyasi Google'ning maxfiylik siyosatiga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Ushbu funksiya ishlashi uchun shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalnilmaydi. Ilova orqali yuklab olinadigan yoki yuklangan narsalar haqida ma’lumot to‘planmaydi, ya’ni ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rgan yoki yaratgan postlaringiz tahlil qilinmaydi.

Ilovala o‘rnatishni optimallashtirish imkoniyati paydo bo‘lganda, Google bu imkoniyatdan foydalanish yoki foydalanmaslikni foydalanuvchilarning o‘ziga qo‘yib beradi. Agar ushbu funksiyadan foydalanmasangiz, Play Store sozlamalari sahifasini oching va bu funksiyani o‘chirib qo‘ying.

Bu imkoniyat tez orada Play Store'da paydo bo‘ladi.

O‘QING: Google akkauntingizga kira oladigan dasturlarni aniqlash va ularni cheklash

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!