Android Go tizimli MDC M200 smartfoni O‘zbekistonda arzon narxda savdoga chiqdi!

  •   DiMaX
  •  2851
  •  02.11.2018 14:06

Android Go tizimli MDC M200 smartfoni O‘zbekistonda arzon narxda savdoga chiqdi!

MDC brendi bir necha rusumlardagi hamyonbop smartfonlari bilan yurtimiz bozorida ham tanilib ulgurgan. Uning yangi M200 modelidagi devaysi ham, nihoyat, yurtimiz bozorlariga taqdim etildi.

O‘QING: MDC Nova Pro: metall korpusli arzon 4G-smartfon sotuvga chiqdi!

MDC M200 smartfoni, bundan avvalgi modellardan farqli ravishda, Android Go Edition platformasida ishlaydi. Mazkur operatsion tizim Android Oreo operatsion tizimi asosida yaratilgan bo‘lib, operativ xotirasi 1 Gb va undan kam bo‘lgan byudjet smartfonlariga mo‘ljallangan.

Ma’lumotlarga qaraganda, bu platforma o‘rnatilgan xotiraning Android Nougat versiyasidan farqli ravishda taxminan yarmidan kamroq qismini egallaydi, bu esa, o‘z navbatida doimiy xotiraning anchagina qismidan foydalanish imkoniyatini beradi. Android Go platformasida ishlovchi qurilmalarda ilovalar Android operatsion tizimining avvalgi versiyalariga nisbatan 15 foiz tezroq ochiladi.

O‘QING: Xushxabar: kuchsizroq smartfonlar uchun yengillashtirilgan Gmail Go chiqdi

MDC M200 smartfoniga 4 yadroli MTK6580 chipi o‘rnatilgan bo‘lib, tezkor xotirasi 1, doimiy xotirasi esa 8 gigabayt hajmga ega. Unga yana qo‘shimcha 64 GBgacha hajmli MicroSD formatli xotira kartasi o‘rnatish mumkin. Ushbu smartfonda video-kontent ko‘rish, ijtimoiy tarmoqlar, qo‘ng‘iroqlar, xabarlar, musiqa kabi talaygina kundalik vazifalarni bemalol bajarsa bo‘ladi.

Qurilma diagonaliga 5.45 dyuymlik, 1440x720 piksel aniqlikdagi HD+ TFT LCD matritsali displey bilan jihozlangan. Ekranning tomonlar nisbati 16:9, u to‘liq laminatsiya bilan qoplangan.

MDC M200 tashqi dizayniga e’tibor qaratsak, smartfon ancha ixcham va bejirim yaratilgan. Korpusning orqa tomonida 5 megapiksellik kamera, LED-chaqnoq hamda barmoq izi skaneri o‘rnatilgan. Old tomoniga esa 2 megapiksellik selfi-kamera o‘rnatilgan. Smartfonning o‘ng tomonidan ovoz balandligini boshqarish tugmasi va quvvatni o‘chirish tugmasi joy olgan. Ishlab chiqaruvchi korpusning chap tomoniga yana bir tugma joylashtirgan, u orqali siz o‘zingizga zarur vazifani tezda ishga tushirish uchun sozlab qo‘yishingiz mumkin.

MDC M200 modeli tillarang va qora korpuslarda sotuvga chiqishi kutilmoqda. Brendning boshqa mahsulotlari singari, unga ham bir yillik rasmiy kafolat beriladi.

Smartfonning texnik xususiyatlari quyidagilar:

  • 45 dyuymlik ekran, 1440x720 piksel aniqlik darajasi bilan (16:9);
  • 3 GGs takt chastotali, 4 yadroli Mediatek MTK6580 protsessori;
  • 1 GB tezkor xotira;
  • 8 GB ichki xotira;
  • 64 GB gacha microSD o‘rnatish mumkin;
  • 5 Mp asosiy kamera;
  • 2 Mp old kamera;
  • Ikkita SIM-kart uchun ikkita slot;
  • Wi-Fi 802.11n + Bluetooth 4.0;
  • Akkumulyator hajmi 2200 mA/s;
  • Barmoq izi skaneri;
  • Android Go 8.1;
  • O‘lchamlari: 145 x 70.5x 9.1mm.

O‘zbekistondagi elektrotexnika bozorlarida MDC M200 smartfoni 550 ming so‘m atrofidagi narxda savdoga qo‘yilgan. Marhamat, uni do‘konlardan so‘rang, qulay narxda xarid qiling va pulingizni tejang!

O‘QING: Terashop.uz’dan MDC smartfonlarini xarid qiling – O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi! (2018 yil 2 oktyabr)

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!